Ismoilbek hazratlari
Marhum xodimul millat Ismoilbek hazratlari 1268 hijriy, mutobiq 1851 milodiya sanasinda Qirimning G‘aspra qariyasinda dunyog‘a kelib, Maskav e’dodiy askariy maktabinda o‘qugan. Andan so‘ngra Istanbul va Parijga amaliy va nazariy ikmoli tahsil etib, Rusiyag‘a qaytib, «Rusiyada musulmonlar» nom ruscha bir kitob yozib, Rusiya musulmonlarining ilmiy, ijtimoiy va siyosiy hyullaridan bahs va Rusiya musulmonlarini himoya etgan.
Hijriy 1297, milodiy 1880 sanasinda Qirimning musulmon madrasasinda ruscha muallim tayinlangandurlar. 1883 milodiya 10 apreldan boshlab mo‘tabar «Tarjumon» g‘arro jaridasini millati islom va turklik xizmati uchun chiqargan, Va musulmonlarni nodon qismi tarafidan izo va jafolar chekkan. Qashshoqligi sababli o‘zi va xotini ila «Tarjumon» ni yozmoq, tartib etmoq, harf termoq va pochtag‘a topshirmoq to‘g‘risindagi og‘ir ishlarni ishlagan va hatto, ba’zan bosmaxonaning moshina charxini o‘zlari kuch va qo‘l ila aylanturg‘an. Va har nav mehnat va kulfatlarni o‘zig‘a ravo ko‘rub millatni uyg‘otmoqg‘a, dunyodan, siyosati olamdan, madaniy millatlarni holidan xabardor bo‘lmoqlari uchun jisman va ruhan hech tinmasdan 35 sana ishlagandurlar.
Musulmonlarni dunyodan xabardor qilmoq uchun butun Rusiyada, Turkiya, Misr, Tunis, Jazoirda, Hind va Afriqoda, Turkiston va Buxoroda daf’alar ila sayohat etib, har yerda musulmonlarni madaniyati zamoniyag‘a, ulum va fununi asriyag‘a, sanoat va tijorati qarinag‘a va rus madaniyatig‘a da’vat va tashviq etgandurlar. Usuli savtiya maktablarini Rusiyada boniyi muassisi Ismoilbek hazratlaridur. Birinchi yangi usul alifboni murattib va noshiri yana Ismoilbek hazratlaridur. Taraqqiyoti zamoniyag‘a yalg‘uz da’vat emas, fa’lan harakatda bo‘lub, jamiyati xayriya, qiroatxona, taraqqiyuni islom, taovun jamiyatlari va bularg‘a o‘xshash asoslarg‘a taalluq nizomnomalar tuzatib, xalq arosinda nashr etib, bu kun adadi yuzlar ila Rusiyada mavjud ilmiy va madaniy jamiyatlarni barpo etdurgandurlar.
Al-on Rusiyadagi minglar ila nizomlik maktablar va sobiq nashr bo‘lgan va hozir fa’lan nashr bo‘lub turgan yuzlar ila islomiy majalla va jaridalarning barcha muharrir va mudirlari ul zoti studa sifotni shogirdidurlar. Shundayki, bu kunda Rusiya musulmonla-ri ichinda har bir jaridaxon va har bir muallim va har usuli savtiya maktablarining shogirdi va har bir jarida muharriri marhumning bilvosita shogirdonidandurlar. Ya’ni ustozi muazzamning bukun Rusiya musulmonlari arosinda milyo‘nlar ila ulamodan muharririn va muallimindan va o‘quvchilardan shogirdi bordur. Ham qanday shogird! O‘ttuz sanadan beri doimo onga dars o‘qiydurgon shogirdlardur. Yana bu shogirdlar o‘z oxir umrlarincha ustodning anfosi qudsiyasi sababi ila ilalabad joriy afkori oliyasidan dars va fayz olmoqda bo‘lurlar.
Xulosa, Ismoilbek hazratlari suls asrdan ziyoda ayyom tadrisinda milyo‘nlar ila musulmonlarg‘a doimo dars berdi. Endi ilalabad aning afkori va ruhi adadsiz va nihoyasiz musulmonlarg‘a darsi urfon berar… Xulosa, Rusiya musulmonlari ichinda munday bir zot kelgan yo‘qdur. Ana ushbu zoti noyob ushbu sana beshinchi zulqa’da — 12 sentyabrda bu olami foniydan rixlat etib, butun dunyo musulmon u’rafolarini asiri yos va alam etdi. Rahmatullohi alayhi rahmatan va as’atan.
«Oyna» jurnali, 1914 yil, 50-son, 1186—1188-betlar.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |