Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi...

Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi...
by Zavqiy
293560Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi...Zavqiy

Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi, asrori nihon bo‘ldi,
Kimiki so‘zladi ko‘p, bilki rasvoyi jahon bo‘ldi.

Nazokat ortturay desang, misoli g‘uncha xomush bo‘l,
Nadinkim og‘zini to ochdi gul, bargi xazon bo‘ldi.

Chamanda arg’uvondek surat aro bo‘lmag’in xo‘b yo‘q,
Pisharda mevasiz sharmandadur, sirri ayon bo‘ldi.

Dema mashhur bo‘lmoq yaxshi, bug’doy donasi pinhon,
Daraxti qildi javlon, sarg‘ayib oxir samon bo‘ldi.

Birodar, ol meni(ng) pandimni, o‘z qadringni sindirma,
Kishi o‘z izzatini bilmadi, oxir yomon bo‘ldi.

Agar izzat talabsan kamnamolig’ orzusin qil,
Qayu ajnos bisyor o‘lsa sudi yo‘q, ziyon bo‘ldi.

Sadaflar ko‘p og’iz ochmak bilan ko’ksi bo‘lur xoli,
Ki ba’zisi labin kam vo qilib durri yagon bo‘ldi.

E Zavqiy xasta, og‘zing kam ochib, ibrat ko‘zing ochg’il,
Ajabkim, qo‘l yaqoda yurgudek turfa zamon bo‘ldi.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.