Katta dushmanimiz yiqildi
Kechagi gazetamizda Amriqo tashqari ishlar idorasining boshlig‘i Yuzning o‘z o‘rnidan iste’fo berganligi haqida xabar yozildi.
Yuz kim edi?
Kengashlar Rusiyasining yashashini ko‘ra olmag‘an, boylar dunyosining xizmatchilaridan biri bo‘lib, kengashlar ustiga bo‘htonlar yog‘dirish yo‘lida usta bir muttaham edi.
U janob bu kun “xususiy istirohat” uchun ish boshidan ketadir. Boylar dunyosining “xodimlari” ishchilar dunyosi bilan kurashda o‘z maqsadlarini yuzaga chiqara olmasa-da topadurg‘an bahonalaridan bu ham biridir.
Kengashlar hokimiyatini qaysi bir Ovrupa davlati tanishlikka qadam bossa, u davlatning harakatiga yo‘l qo‘ymasliq yo‘lida ko‘rgan choralari hali Rusiya ishchilarining esidan chiqmaydir.
Lekin, u harakatlari uning dunyosi uchun natija bermadi. Bizni Ovruponing hamma davlati tanidi.
Endi Yuz ketishi bilan bu kundan boshlab Amriqo bizni taniydirmi? degan so‘roqqa kelganda bizni tanishg‘a tarafdor bo‘lg‘an senator Yuzning ta’siri o‘sib, ikkinchidan Amriqo ishchilarining orasida bizga muhabbat ortqan sari, bizni tanish yaqinlashg‘usidir.
Bu muhabbatning bizning tomonda ekanligiga 2 nchi baynalmilalning qong‘resida bizga qarshi harakat rejasi qabul etilmaganligi ham shohiddir.
Tarix bizning uchun ishlamakdadir.
Yuzlarning yirtqich siyosatlarining natijasi chiqmag‘anda “tinch istirohat”ga ketishlari dunyoning sarmoya hokimiyatidan qutulushning yaqinlashqanlig‘ini ko‘rsatadir.
Q.
“Qizil O‘zbyekiston” gazetasi,
1925-yil, 15-yanvar.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|