Kech kirish
Baland-pastlik, katta-kichik binolar,
Qizil, ko‘m-ko‘k, yashil tomlar ustida
Ola-bula, quyuq-suyuq bulutlar…
Ko‘kni qoplab bir tomonda to‘plangan!
Kun botadir… tarqov, yoyiq lolalar
Unda-munda bulutlarning yuzida
Sil yuzidek rangi ketib so‘liblar…
Qorong‘ilik Sharq tomondan qo‘zg‘algan!
Shom azoni… muazzinning yo‘sinsiz,
Kuchsiz tovshi titrabgina cho‘zilgan…
Yomg‘ir picha yog‘ib o‘tgan, buzilgan –
Qing‘ir ko‘cha chetidagi uzun iz…
Qismat izlab har tomonga tarqalgan.
Katta-kichik, yosh-u qari bo‘shashib,
Horib, charchab sekingina qaytadir.
Mahallaning bir yeriga to‘plangan
Bir to‘p bola… turli o‘yin o‘ynashib,
Ketganlarni kutadir…
Belgisizlik qanotini keng yoyib,
Koinotni quchog‘iga tortadir.
Chirog‘lar ham jin ko‘zidek yiltillab,
Xira qarab, mung‘ayib
Ko‘rindilar.
Kilkillab –
Yomg‘ir suvi yer bag‘rida yotadir.
Toshkent. 1923, 5–may
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|