Keldingu ketding ko‘rinmay, ey pari paykar sanam...

Keldingu ketding ko‘rinmay, ey pari paykar sanam...
by Ravnaq Pahlavonquli
333184Keldingu ketding ko‘rinmay, ey pari paykar sanam...Ravnaq Pahlavonquli

Keldingu ketding ko‘rinmay, ey pari paykar sanam,
Ko‘nglima dog‘ uzra qo‘yding dog‘, alam uzra alam.

Tut bu kunlarni g‘animat, bo‘lma ko‘p mag‘ruri husn,
Qilmag‘il men notavong‘a muncha bedodu sitam.

Gar manga ko‘ying muyassar bo‘lsa, ey sarvi ravon,
O‘lsam etmay orzui gulshani bog‘i Eram.

Gar meni maxmuringga tutsang muhabbat sog‘arin,
Istamasman shohlig‘, qilmon tamanno jomi Jam.

Sarvi ozod aylagay qaddingg‘a arzi bandalik,
Jilva qilsang bog‘ aro andoqki tovusi haram.

Deb emishsen pok domonlig‘ musallamdur mango,
Pok dil ahli nazarg‘a aylagil lutfu karam.

Garchi har dam o‘lturur Ravnaqni hajring g‘ussasi,
La’li jonbaxshi xayolingdin topar jon dam-badam.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse