Kelinchak
Butun gunohi –
«Ko‘k qarg‘a shohi»
Kiyib yurgani…
Dunyo ko‘rkini,
O‘yin-kulgini
Yaxshi ko‘rgani…
Har kuni sahar
Bog‘chaga chiqar
Gullar tergali.
Eriga emas,
– Chunki arzimas! –
Dilga bergali…
Bo‘yniga osib,
Bag‘riga bosib,
Ovungan bo‘lar.
Bir talay g‘amdan,
Hasrat-alamdan
Sovungan bo‘lar…
Oynakka qarab,
Sochini tarab
O‘ziga oshiq…
«Shu yerga tegdim,
Qaddimni egdim,
O‘lganim ortiq!»
Har kun ertalab
Bir talay g‘azab
Er o‘lguridan.
Kunduz nag‘masi
Qayin onasi
Ko‘milguridan…
Qo‘shni kelinchak
Istab halinchak
Chiqib qoladir.
O‘ltirib yerga,
O‘sha kelinga
Hasrat qiladir.
Shunda ochilib,
Xiyla sochilib,
Ancha yayraydir.
Qayg‘uga to‘lsa,
O‘zi jim bo‘lsa…
Dutor sayraydir!..
Andijon. 1925, 25–mart
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|