Kelmadi bir kun so‘rab ul yori jononim g‘araz...
Kelmadi bir kun so‘rab ul yori jononim g‘araz,
Har nafasda qilg‘uchi dardimg‘a darmonim g‘araz.
Yor bizlardin yiroq, man bo‘lub yordin yiroq,
Koshki borib ko‘rorg‘a yetsa darmonim g‘araz.
Qo‘ymagay erdi mani mundog‘ parishonhol ila,
Bir takallum aylab ul yuz marta xandonim g‘araz.
Hasratida orzu aylab anga bo‘ldum ado,
Tushmadi hargiz qo‘lumga durri g‘altonim g‘araz.
Maqsadim, uldur mani, qo‘shsa shahodat ahlig‘a,
Domanig‘a tegmasun derman, qizil qonim g‘araz.
Man kechibman ko‘z tutub ko‘rmay tiriklik lazzatin,
Kelsinu olsun mani bo‘lsa kerak jonim g‘araz.
Kechalar bo‘lsa chiqar doim Sadoyidin sado,
Oy yuzingni ko‘rmasam man ko‘pdur armonim g‘araz.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |