Kirzon notasi Angliya millat majlisida

Kirzon notasi Angliya millat majlisida (1923)
by Abdulhamid Choʻlpon
335319Kirzon notasi Angliya millat majlisida1923Abdulhamid Choʻlpon

So‘ng vaqtda matbuot, butun Rusiya va balki butun dunyoning miyasini bir narsa ovora qildikim, u ham Angliya hukumatining sho‘rolar Rusiyasiga bergan no‘tasidir.

Angliya hukumatining «urushqa qiliq» sezgilarini juda ochib ko‘rsatkan bu no‘ta bizning sho‘rolar matbuotida «Kirzon notasi» deb ataladir. Bu – darhaqiqat to‘g‘ri. Notaning ruhi Kirzon to‘radir. Uning ma’nosi «Kirzon to‘raning urushqoqlig‘i» demakdir. Shul no‘ta, ya’ni «Kirzon notasi»so‘ng vaqtda Angliya millat majlisida qaralib o‘tdi. Nota ochiqdan ochiq «nimaga xotuningga kovush olib bermading? Shuning uchun sening adabingni bermak kerak degan ruhda bo‘lg‘ani uchun bu masala millat majlisida katta fil voqealarg‘a sabab bo‘lsa kerak edi. Lekin unday bo‘lmag‘an.

Maskavda chiqaturg‘an «Haqiqat» (Pravda), «Xabarlar» (Izvestiya) gazetalari bunga bag‘ishlab bosh maqola yozib chiqardilar. Biz o‘qug‘uchilarimizni markaz gazetalari orqaliq shu muhim masala bilan tanishtirmoqchi bo‘lamiz.

«Haqiqat» (Pravda) gazetasi yozadir: «Avom palatasida haqiqiy bir kulki (kamediya) bo‘lub o‘tdi. Bu kulki – millat majlisi degan narsalarni urushqoq lo‘rdlar qo‘lida qanday oddiy o‘yunchoq bo‘lub yurganligini ko‘rsatadur.

Kirzon notasini «ig‘vo» deb turg‘an holda Angliya chet ellar nozirining muovini Mok Noil turub Angliya hukumatining kengash-mengashlarni rad qilg‘anlig‘ini uzun-uzun gap so‘zlarni xohlamag‘anlig‘ini o‘z talabida mahkam turg‘anlig‘ini ancha-muncha narsalarga qanoat qilmag‘anlig‘ini so‘zlaydir.

Shundan so‘ng millat majlisi tarqaladir.

Shundan so‘ng hukumat butkul Kirzonga topshiriladur. Kirzunning qo‘llari yechilgan istaganini qilaberadi. Mana Angliyada millat majlisi shu holdadir.

«Xabarlar» (Izvestiya)da o‘rtoq Istiklo‘f yozadir:

«Rusiyaning qaytarg‘an javobida Mok Noilga ma’qul bo‘lg‘an joyi – ingliz baliqchi kemalari to‘g‘risidag‘i moddalardir. Boshqa moddalar unga sira ma’qul emas. Angliya hukumati umuman ozroq bir narsa bilan rozi bo‘lmoqqa istamaydir. O‘zining talablarini tugal olmoqchi bo‘ladir».

Gap-so‘z ko‘rinish xili «vahimalik» Angliya talablarining qattig‘lig‘i joyida yumshag‘ani yo‘qdir.Rusiya bilan «barcha barobar» bo‘lub turub gaplashishni xohlamasliq yana o‘z joyida.

Biz janjalliq masalalarda Angliya hukumati bilan gaplashishga hozirmiz. Lekin o‘z bo‘ynig‘a birovlarning irodasini osdirishg‘a sho‘rolar hukumati sira va hech bir yo‘l bilan rozi bo‘la olmaydir.

Qissadan hissa chiqarayliq. «Haqiqat» gazetasi bu«jiddiy qissa»lardan Rusiya ishchi-dehqonlari uchun shunday bir hissa chiqaradir:

«Ishchi – dehqonlar! Har bir qo‘yilg‘an qadamni kuzatib boringiz».

Q

«Turkiston» gazetasi, 1923-yil 24-may.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"