Ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi

Ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi
by Jahon otin Uvaysiy
293654Ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldiJahon otin Uvaysiy

Zamona kufatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Jarohat bo'ldi bag'rim tig'i bedodi raqiblardin,
Bu ko'tohfahm mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Bu gulzori fano ichra mahali bexalal yo'qtur,
Hamesha zaxmi xorodin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo'q ogah,
Qabihguftor mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ko'ngul qoni farog'i duydadin bir lahza band o'lmas,
Vujudim iztirib aylab ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Turubdur bag'rim ichra qon misoli g'uncha, naylarman,
Ochilmay gulsifat ushbu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

So'zimdin xotiring uzra gumone o'zga yetkurma
Ki, izhor aylamay naylay, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Meni rasvoyi olamdin mabodo e'tiroz etma,
Takallum birla shod ayla, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ko'ngulni otashin bejo qilibdur nutqi guftori,
Qayu bog' andalibidin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Bu so'zni ayladi barpo ajab gustohliq birla,
Maloli xotir o'lg'aymy, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ajab ash'ori mavzun bog'ladi Vaysiy hasaddinkim,
Umarxon zufununekim, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.