Ko‘nglum o‘rtansun agar...

Ko‘nglum o‘rtansun agar...
by Alisher Navoiy
293925Ko‘nglum o‘rtansun agar...Alisher Navoiy

Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringg‘a parvo aylasa,
Har ko‘ngul hamkim sening vasling tamanno aylasa.

O‘zgalar husnin tamosho aylasam chiqsun ko‘zim,
O‘z bir ko‘z hamki husnungni tamosho aylasa.

G‘ayr zikrin oshkora qilsa lol o‘lsun tilim,
Qaysi bir til hamki zikring oshkoro aylasa.

Rashkdin jonimg‘a har nargis ko‘zi bir shu’ladur,
Bog‘ aro nogah xirom ul sarvi ra’no aylasa.

Yo‘q og‘izdin nukta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay,
Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa.

Ofiyat jonimg‘a yetti, ey xush, ul mug‘kim, meni,
Bir qadah birla zarobat ichra rasvo aylasa.

Kelturung daf’i jununimg‘a parixon, yo‘q tabib,
Kim ul ansabdur ul pari har kimni shaydo aylasa.

Subhdek bir damda gardun qo‘ymag‘ay osorini,
Nogah ahli sidq ko‘ngli mehrin ifsho aylasa.

Dahr sho‘xig‘a, Navoiy, sayd bo‘lma nechakim,
Kim uzori uzra tun zulfin mutarro aylasa.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.