Ko‘rmayin ketsam yuzingni, ey nigorim, yaxshi qol...
Ko‘rmayin ketsam yuzingni, ey nigorim, yaxshi qol,
Sarv qad, simin badan, ey guluzorim, yaxshi qol.
Oshno tutdim sani nahnu qasamnodin beri,
Ko‘z ochib bir ko‘rmading, ko‘zi xumorim, yaxshi qol.
Bog‘ ichida bu dimog‘imni muattar aylading,
Behtarini udu anbar, mushkborim, yaxshi qol.
Eshigingda bul mani ovorau sarson qilib,
Saltanat taxtida doim tojdorim, yaxshi qol!
Rahm qilmay har zamon aylab yurakni poralar,
Qilg‘uchi jon qatlini, ey zulfiqorim, yaxshi qol!
Bir aziz boshimni har kun zeri po aylab mani,
Uynotib otingni har kun, shahsuvorim, yaxshi qol…
Rahmi kelsa gohlar aylar kishig‘a iltifot,
El aro mashhur sohib ixtiyorim, yaxshi qol.
Aytodur doim Sadoyi har zamon aylab umid,
Oyu kunni ko‘rmagan ko‘zi xumorim, yaxshi qol.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |