Labingdek obi hayvon, hay, ne nisbat...

Labingdek obi hayvon, hay, ne nisbat...
by Gadoiy
332466Labingdek obi hayvon, hay, ne nisbat...Gadoiy

Labingdek obi hayvon, hay, ne nisbat,
Tishingtek durri marjon, hay, ne nisbat.

Quyoshg’a ya’ni nisbat qilmish o’lsam
Seni, ey shohi xo’bon, hay, ne nisbat.

Sahi sarvi qading birla teng o’lg’ay
Niholi bog’i rizvon, hay, ne nisbat.

Bu ko’nglum ishqida, hoshoki bo’lgay
Jafo birla pushaymon, hay, ne nisbat.

Labingdur xasta ko’nglumning davosi,
Bu darda o’zga darmon, hay, ne nisbat.

Maozallahki, shirinliq talashqay
Nabot iring bila jon, hay, ne nisbat.

Gado ko’nglinda, tor og’zingdin o’zga,
Topilg’ay zarra armon, hay, ne nisbat.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse