Manga, ey pari, koʻb itob aylama...

Manga, ey pari, koʻb itob aylama...
by Komil Xorazmiy
332649Manga, ey pari, koʻb itob aylama...Komil Xorazmiy

Manga, ey pari, koʻb itob aylama,
Gʻam oʻtigʻa bagʻrim kabob aylama.

Tuzub suhbat, ahli jaholat bila,
Kamol ahlidin ijtinob aylama.

Visolingda rohat yeturgil dame,
Firoqingda doim azob aylama.

Chu kelding qonshmgʻa ketarman debon
Yana umr yangligʻ shitob aylama.

Huzuringda xandon etib dushmanim,
Eshikda koʻzumni purob aylama.

Qovub majlisingdin meni, gʻayrni
Maqomimda noib manob aylama.

Meni soyadek xoksor aylabon,
Oni sarbaland oftob aylama.

Eagʻangʻa berib bulbul oʻrnida joy,
Humo hamnishinin uqob aylama.

Qilib yod shoyista xizmatlarim,
Xato birla sahvim hisob aylama.

Boqarda koʻzum chehrai lutfinga,
Gʻazab birla qahring niqob aylama.

Firoqingda Komilni nokom etib,
Nifoq ahlini komyob aylama.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.