Maorif oyi
Birinchi avgustdan e’tiboran viloyatimizda «maorif oyi» boshlandi. Demak, bu oy masorif oyi emas, maorif oyidir. So‘z-qaror oyi emas, ishlash va tirishish oyidir.
Bo‘lub o‘tgan maorif oylarida ishdan qo‘ra so‘zga, yugurishdan qo‘ra-uxlashg‘a va madoxildan ko‘ra — masorifga ko‘brak ahamiyat berilganligi uchun natijada maorif kissasi yana burung‘idek kasal, maktablarimiz yana ilgarigidek kambag‘al, bolalarimiz yana «chi mexoni, porsola», maorifchilarimiz esa tag‘in avvalgidek «Ahmadi porina» bo‘lub qolg‘on edilar.
Endi bu daf’a qop-qop umid qilamizkim, avvalgi xatolarg‘a va tanballiklarg‘a takror yo‘l berilmagay, badki bu daf’a og‘iz bilan ish bitiruvchilar so‘z va qaror majlisidan badarg‘a qiling‘ay. Ularning o‘rnida maorif qurbonlig‘ig‘a munosib qo‘ymijozlik semizgina kishilar ishga oling‘ay.
So‘ngg‘i yillarda maktab uchun yetarlik yaxshi binolar yo‘qlig‘idan, qo‘b bolalarimiz ko‘chada qolib it urushdirishg‘a, oshiq va yongoq o‘ynashg‘a majbur bo‘ldilar. Ko‘b o‘g‘ullarimiz eski maktablarda qamalib, poxollar ustida qo‘chqor urushdurub, ko‘ylak-ishton yirtish bilan umr o‘tkazdilar. Sanoqsiz ota-bobolarimiz, maktab va muallim yo‘qliqdan o‘z jigarporalarini (bekor yurmasun, hunar o‘rgansun deb) ko‘hnaduz, sobunpaz va samovarxonalarg‘a eltib shogird ko‘yishg‘a tutindilar. Bulardan boshqa hisobsiz xotun-qizlarimiz, burung‘i maorifchilarimizning soyai maorif voyalarida saqich chaynab va g‘idi-bidi g‘iybat to‘qish bilan urunib eshiqdan-eshikka, teshiqdan-teshikka yuradilar…
Mana, endi «maorif oyi» yasashdan asli maqsad shu dardlar uchun davo topish bo‘lsa kerak. Buqun bizga maktab kerak, unga yarasha asbob va muallim kerak. Bular uchun ogqcha kerak. Oqcha uchun himmat kerak. Bularning hammasi uchun g‘ayrat va faoliyat kerakdir…
«Maorif oyi» munosabati bilan «Mashrab» boshqarmasi o‘zining barcha ajina muxbirlariga safarbarlik e’lon etdi. Toki muxbirlarimiz bu oyda to‘rt ko‘z va sakkiz quloq bilan maorifchilarning a’molini ta’qib etib, «kirom ul-kotibin»dek ish ko‘rgaylar. Shuni ham aylpb qo‘yish kerakkim, biz bu oyda «astoydil» ishlagan maorif xodimlariga o‘zimizning xolis «barakallo»dan yasalton medal (nishon)larimizni in’om etishni va’da aylab, ammo chatoqchi o‘rtoqlarimizning suratini pes-moxov qilib «Mashrab»ga o‘tkazishdan ham tortinmasmiz.
Boturbek
«Mashrab», 1924 yil, 5-son
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|