Maqsad ul-atvor
by Poshshoxoja
333517Maqsad ul-atvorPoshshoxoja

NASIHATNOMA

Mustame’ o‘l, har nafas pand ol,
Pandu nasihatni quloqungg‘a sol.
Din tilasang dahrda davlat bila,
Ko‘nglungni shod ayla nasihat bila.
Kimki olur pandu nasihat so‘zin,
Jannati a’lo aro solur o‘zin.
Pandu nasihat bila qilg‘in suluk,
Xohi faqir o‘lg‘ilu xohi muluk…
Qo‘yma ko‘ngul ichra havoyu havas,
Haq ishidin bo‘lma judo bir nafas.
Behudalar majlisida turmag‘il,
Foidasiz so‘zda nafas urmag‘il.
Parvarishi nafs etibon yema osh,
Nafs tilar oshg‘a indurma bosh.
Harnaki haq bersa, rizo bo‘l anga,
Toki xudo lutflar etgoy sanga.
Mol tilamangkim, yo‘q anda vafo,
Mol tilaganlarga tegar ko‘p jafo.
Fisqu fujur ahli bila bo‘lma yor,
Osiyu jofiy ila tutma qaror.
Yaxshi kishilar bila hamroz bo‘l,
Ichkuchilar suhbatida oz bo‘l.
Ilmu adab birla bo‘lu toat et,
Toati haqni o‘zingga odat et.
O‘z gunohingni yod etib, tavba qil,
Bandasan, o‘zungni gunohkor bil.
Olimu zohid bila bo‘l hamnishin,
Fosiqu nodong‘a o‘turma yaqin.
Kishi yomon bo‘lsa kerak yori xub
Kim, bo‘lur oz kunda oning bori xub.
Fayz tobor yaxshi kishidin kishi,
Davlat ila o‘lg‘usidur har ishn…
Nechaknm, olam ichida shohsan,
Shohliq atvoridin ogohsan.
Davlat erur adl ila yesang osh,
Voy, agar zulm ila qilsang maosh.

 * * *

Oting erur Jonibek, ey shahriyor,
Xon ila xoqonsanu ham shahriyor.
Toleingga baxt mutobiq erur,
Davlatingga taxt muvofpq erur.
Donishu aqlingda topilmas qusur,
Hashmati mulkungda ko‘runmas futur
Haq sanga ko‘rsatdi inoyat yo‘lin,
Topding oning birla xilofat yo‘lin.
Sidq ila din ishiii bot aylagil,
Din yo‘lin ochmoqqa subot aylagil.
Qani shnjoatda saningdek yana,
Adlu saxovatda sashshgdek kna?
Olg‘ilu ilkingga qilichingni tez,
Dushman arosida qo‘par rustaxez.
Adlu xilofat ishida doim o‘l,
Toat uchun haq qoshida qoim o‘l.
Shukrki, olam ichida shohsan,
Arshi xilofat uza ham mohsan.
Bor bu kun bandada bir arzi hol,
Arz qilay gar sanga bo‘lmas malol.
Tinglaki, din nusrati bu so‘zdadur,
Ikki jahon davlati bu so‘zdadur.
Emdi jahon ichra sag‘iru kibor,
Tortatururlar sanga ko‘p intizor.
Zulmu sitam dinni xarob ayladi,
G‘am o‘ti jonlarni kabob ayladi…
Qolmadi din ahlida bir xonadon,
Zulm bila to‘ldi tamomi jahon.
Er yuzini tutti zalolat bu dam,
Elga kerak bo‘ldi adolat bu dam,
Lutf ila din ochqoli azm aylag‘il,
Sidq ila bu azmni jazm aylag‘il.
Zulmu sitam tushdi bu olam aro,
Oning uchun arz qilurman sango.
Lutf qilu so‘zima solg‘il quloq,
To sanga rahmatdin ochilg‘ay buloq.
Bandaga senu, menu pok e’tiqod,
Dunyo uchun dinni yuborma ba bod.
Eldin agar chiqdi esa xonumon,
Shukrki, din manda erur bu zamon.
Dunyo uchun qo‘ymadim islomni,
Qo‘ymadim o‘zumga bu badnomni.
Din tilabon uyu elimni yiqib,
Sanga yetishdim vatanimdin chiqib.
Dodima yetgilki, bu kun dodxoh —
Men menu sensen bu jahon ichra shoh.
Adl yuzidin manga bergil javob,
Kim sanga bu ishda erur ko‘p savob.
Kufru zalolat elini daf’ qil,
Xalqdin ul qavmni bot raf’ qil.
Kimki g‘azot etsa jahonni olur,
Uqboda ham bog‘i jinonni olur.
Berma bu savdoni ilkingdin ravon,
Emdiki, bordur bu taning ichra jon.
Ushbu tiriklikni g‘animat tuting,
Yaxshi kishilar bila suhbat tuting.
Beklaringiz bila kengosh eting,
Din ishini dahr aro fosh eting.
Necha zamon erdiki, shaybon aro,
Yurur edim xon ila sulton aro.
Istar edim bir shahi sohibqiron,
Ikki ko‘zum to‘rt bo‘lub har qayon.
Ko‘rdum esa davlatu din senda bor,
Xonliq uchun farru jabin senda bor.
Saltanat asbobi erur sanda jam’,
Shahrlar arbobi erur sanda jam’.
Necha sifat bor, ey shahriyor,
Har kishida bo‘lsa bu, xonliq tobor.
Biri bu, odilsanu pok e’tiqod,
Shohki, adl etti topar bot murod.
Biri bahodurliq zrur, bil oni,
Yaxshi sifatdur bu skfat, qil oni…
Ilmg‘a har kishiki hurmat tutar,
Tengri taolo onga hurmat tutar.
Biri bu — ko‘nglungda base dard bor,
Diydai giryonu ruxi zard bor.
Ushbu sifat ayni saodat erur,
Balki maqomoti karomat erur.
Himmatingizni tuting endi baland,
Do‘stg‘a ko‘z bo‘lsunu, dushmanga band.
Lek shaybon ppnda sansan chirog‘,
Balki jahon ichida sansan chirog‘.
Dahrni ravshan qilako‘r adl ila,
Mulkni gulshan qilako‘r adl ila.
Adlu saxovat bila bo‘lsang mudom,
Mulk bo‘lur fath sanga vassalom.
Xojai bechorag‘a solg‘il nazar,
Kim, nazaringdin bo‘lur ul mo‘tabar.
Bor g‘arnbu vatanidpn yiroq,
Tortaturur mehnatu dardn firoq.
Aylasangonp so‘zi bnrla amal,
Mulk aro bo‘lmag‘usidur xalal.
So‘zni dedim emdi duo aylayin,
Sanga duo subhu maso aylayin.
Borib ikki dunyoda bo‘l komron,
Taxti xilofat uza tur jovidon.

BU KITOB NAZMINING SABABI

Menki, bu xidmat uchun etdim shuro‘,
Oy kabi so‘z burjida qildim tulo‘.
Nur berib dahr duraxshon mango,
Rahbari bu fanda Nizomiy edi,
Qildi bu nusxa so‘zin oson mango.
Pir onga Xisravu Jomiy edi.
Hotifiy erdi biri ul qavmdin,
Biri Navoiy edi bilgil yaqin.
Andaki tartibi kalom ettilar,
Har biri bir «Xamsa» tamom ettilar.
Manga yetushganda bu ish navbati,
Bo‘ldi manga borisining himmati.
Himmat alardin tilab ixlos ila,
Om ila so‘zlashdimu ham xos ila.
Haq nazari bo‘ldi chu_rahbar mango,
Bo‘ldi bu tartib muyassar mango.
Sidq ila berdim esa tartib anga,
Bir shahidin bor edi taqrib anga.
Shohi jahon erdiyu sultoni din,
Mafxari din erdiyu ahli yaqin.
Jonibek erdi, shohi dindur oti,
Shohlar aro sarvar edi baroti.
Bazmi shijoat arodur nomdor,
Mulki shijoat arodur shahriyov.
Lutf ila zhson edi doim ishi,
Kechar edi xayr ila yozo‘ qishi.
Xidmat etar erdim onga din uchun,
Yurur edim qoshida talqin uchun.
Necha sifat ko‘rdum o‘shal shohda,
Kim bori maqbul edi dargohda.
Dedim, oning vasf etay avsofini,
Shafqatu ehson ila altofini.
Dahrda mashhuri jahon bo‘lg‘on ul,
Kun kabi olamda ayon bo‘lg‘on ul.
Nazm xayolim aro qilg‘ach guzar,
«Mahzani asror»g‘a qildim nazar.
Bor edi bir necha maqola anga,
Kim dami g‘ayb erdi havola anga.
Ko‘rdum oning ichida asrori haq,
Fayzu tajalli bila anvori haq.
Menki maqolat ila tuzdum kalom,
Bu shahi din vasfida qildim tamom.
Berdim oning vasfig‘a tartib oni,
Qildim oning otig‘a taqrib oni.
Chun bu shah atvorini qildim bayon,
Yaxshilig‘ avsofini qildim ayon.
«Maqsadul-atvor» qo‘yub otini,
Shuhrai shahr etdim oning zotini.
Yo‘q edi man xastada oncha majol
Kim, munga ko‘p qilg‘ay edim ishtig‘ol.
Kunduz edi shohga xidmat ishim,
O‘tar edi qoshida yozu qishim.
Kechada bo‘lsa edi bedorliq,
Aylar edim tangriga ko‘p zorliq…
Manda agar bor edi ashg‘ol ko‘p,
Shukrki, yo‘q erdi mango mol ko‘p.
Dunyo ilan yo‘q edi bir zarra zavq,
Mol ila ham yo‘q edi hech zavqu shavq…
Adlg‘a sa’y aylar erdim shohni,
Yoriy qilib o‘zuma ollohni.
Shoh dog‘i adlg‘a moyil edi,
Sidq ila haq zikrig‘a qoyil edi.
Haq so‘zin aylar edi mandin qabul,
Bo‘lmas edi hech bu so‘zdin malul.
Xoja duo aylar edi har zamon,
Kim, bu jahonshohni tutg‘il amon
Yorab, oni ikki jahon shohi qil,
Adlu saxo rif’atining mohi qil.

Farzandi azizu dilband, mir Abdussalom Xojaning nasihati bobida

Eyki azizim, dog‘i farzandsan,
Ham manga farzand, jigarbandsan.
Tanda huzurimsanu ko‘zumda nur,
Ko‘nglum aro jonsanu jonda surur.
Xalq arosida, ayo neknom,
Oting erur bil oni Abdussalom.
Chunkim oting yaxshi erur xalq aro,
Yaxshi bo‘l o‘zing dog‘i bahri xudo.
Ilm o‘qib xayru saloh istagil,
Sidq ila har shomu saboh istagil…
Ko‘nglung aro qo‘yma havoyu havas,
Kim bu havaslar boridur xoru xas.
Ondaki betajribayu tifl eding,
Harna kelur ko‘nglungga qilur eding,
Emdiki, bolig‘ sanu ham hushmand,
Bo‘lsa kerak bori so‘zung va’zu pand.
Asling edi olimu fozil, bali,-
Murshidi komil dog‘i shayxu vali.
Doim alar tavfi bilan qil maosh,
Aylama ul tavr ila o‘zungni fosh.
Dahrda bir zarra vafo istama,
Ziynatu zeboda safo istama.
Ko‘zungga gar yaxshi ko‘runur jahon,
Yaxshi ko‘runur, vale bordur ziyon.
Emdi yamon yaxshini farq aylagil,
Tarki riyo, hiylayu zarq aylagil.
Rost aytmoqlikni qil endi shior,
Rostg‘.a yor o‘lg‘usidur birubor.
Rost deyu rost ish et har zamon,
Yolg‘on aytmoqlikda toparsan ziyon.
Rost yo‘l ilan yurg‘ilu ham rost bo‘l,
Itmas agar topsa kishi rost yo‘l.
Yolg‘on aytmakni shior aylama,
Kim desa yolg‘on oni yor aylama.
Qalb kishi so‘ziga solma quloq,
Kimki desa rost oning sori boq.
Fisqu fujur ila o‘turma dame,
Bo‘lma riyo majlisining hamdami.
Oqilu dono bila bo‘l hamnishin,
Fozilu komilg‘a o‘tirg‘il yaqin.
Johilu nodon ila yor o‘lmag‘il,
Onlar uchun el aro xor o‘lmag‘il.
Haq ish uchun mansabu joh istama,
Xidmat uchun qaysaru shoh istama…
Toat etu mahrami dargoh bo‘l,
Faqr yo‘lida yuru ham shoh bo‘l.
Ol bu nasihatni mani zordin,
Xojai mahzunu dilafgordin.
Gar bu nasihat bila qilsang maosh,
Bo‘lg‘usisan yaxshi sifat birla fosh…

IKKINChI MAQOLA

Sultoni sohibjoh adolat bila saltanat saroyin obodu saodat bila mazlumlar xotirin shod qiluri bobida

Bu shohi davronki, ulusxonidur,
Din ila islom elining jonidur.
Garchi burun bor edi sulton oti,
Emdi mamolikda erur xon oti.
Xon agar ul bo‘lsa jahon amn o‘lur,
Adl bila ahli zamon amn o‘lur…
Qaydaki bir ochu g‘aribni ko‘rar,
Shafqat ila holini hardam so‘rar.
Och agar o‘lsa beradur non anga,
Bo‘lsa sovuq to‘n qilur ehson anga.
Ko‘rdiki, har qayda yoturki zaif,
Yo g‘ami ayyomdin o‘lg‘on nahif —
Shirau sharbat berur aylar davo,
Topg‘ucha ul xastai miskin shifo.
Ko‘rdiki, tug‘yon qilibon firoq,
Soldi birovni vatanidan yiroq.
Ul kishi birlanki navozish qilur.
Kim vatanidin muni yaxshi bilur,
Qaydaky qul topti esa shod etar,
Qilmas oni bandayu ozod etar.
Ko‘rdi esa xasta, yetimu faqir,
Yoki tushubdur sitam ilan asir.
Qilur anga har nafasi lutf xos.
Aylar api zulmu sitamdin xalos.
Qaydaki mazlum kelib dod etar,
Adl ila so‘rub oni dilshod etar.
Ko‘nglini adl ila qilur shodmon,
Berur onga lutf ila hukmu nishon,
Kimki raiyat haqig‘a zulm etar,
Etgach oni arzig‘a boshi ketar.
Adli jahon ichida andoq turur
Kim, bo‘ry qo‘y birla birikib yurur.
Adl nishoni bila to‘ldi jahon,
Yo‘q sitamu zulmdin aslo nishon.
Tutdi jahoq ichini chun roi adl,
Aylagil, ey do‘st, tamoshoi adl.
Adlda bemisli jahondur bu xon,
Balki Sulaymoni zamondur bu xon.
Chunkim erur adl ishi odat anga,
Farz erur qilmoq itoat anga.
Zoti oning majmui ehson erur,
Ko‘ngli to‘la nur ila imon erur.
Shoh bu nav’ o‘lsa g‘animat o‘lur,
Elga saodat bila davlat o‘lur.
Kimki oning davlatig‘a shukr etar,
Maqsudig‘a begumon oxir yetar.

TAMSIL

Odil erur dahrda No‘shiravon,
Adli ila tuzulib erdi jahon.
Mulki adolat ila ma’mur edi,
Xalq oning davrida masrur edi.
Zulmu sitam chun o‘zi qilmas edi,
Hech kishi zulmni bilmas edi.
Gar desalar, zulm degan ham bo‘lur,
Derlar edi, zulm ne turluk turur?
Zulmu sitam yo‘q edi ul davrda,
Xalq bori to‘q edi ul davrda.
Bir kun o‘shal davrda No‘shiravon,
Dediki, mulkumni qilay imtihon
Kim, bu mamolik tuzulibmu ekan,
Yo sitam ila buzulibmu ekan.
Xasta qilib o‘zini yotdi ravon,
Oni so‘rab keldi tamomi jahon.
Dedi, mani xastalig‘img‘a davo,
Bir nima vor o‘lsa toparman shifo.
Xalq dedilarki, ayo shahriyor,
Har na desang mamlakating ichra bor.
Jondan emas nima azizroq biling,
Oni ravon sizga fido aylaling.
Kimki shohi odil uchun jon fido
Aylasa bo‘lur bori ondin rizo.
Kel, degil, ul nima erur kim sango,
Topsoq o‘lur bu marazingg‘a davo.
Shoh dedi:— Qo‘pingu har yon choping,
Mening uchun eski imorat toping.
Yaxshi tafahhus qilibon ko‘z solib,
Kelturung ondin mango bir xisht olib.
Kelsangiz olib mango bir xishtni,
Daf’ qilay bu marazi zishtni.
Qo‘ptilar ul qavm nishonlar olib,
Mamlakati ichra so‘rog‘lar solib.
Kimki bu dam eski imorat topar,
Shohning oldida rioyat topar.
Ushbu hikoyatni eshitgach ravon,
Chiqtilar atrofg‘a xalqi jahon.
Eski imorat tilabon bordilar,
Mamlakat atrofini axtordilar.
Nechakim olamni so‘rub ketdilar,
Mamlakat ichida so‘rog‘ etdilar.
Topmadilar eski imoratni hech,
Har nechakim istadilar zrta kech…
Eski imorat so‘rubon har qayon,
Bo‘lg‘ular erdi bu jamoat ravon.
Boyqush o‘shal damda kelib dodlar,
Aylar edi dod ila faryodlar
— Kim, bu shahanshohi jahon adlidin,
Bizga bo‘lubdur sytam emdi yaqin.
Dahrda vayrona topilmas ayon,
Aylasang oning ichida osh’yon.
Manzilimiz eski imorat bo‘lur,
Bo‘lmasa ul bizga agar zulm erur.
Barcha farog‘atda erur bu zamon,
Bizga bo‘lubtur bu zamonda ziyon.
El tilagi shahrda ham xonadur,
Bizga keraklik nima vayronadur.
Xisht tilagonlar bori hayron borib,
Topmay oni kelib edilar horib.
Chunki shoh oliga kelib aydilar,
Shohga boyqush so‘zin ham aydilar.
Kim bu zamon, ey shohi farxundafol
Adl saririnda sanga yo‘q misol.
Adling ila o‘yla jahon shod erur,
Kim bori vayronalar obod erur.
Har sori borduq esa bir mo‘tabar,
Yo‘q edi vayronadin aslo asar.
Ayladi boyqush kelibon zorlig‘:
— Kim ko‘radurmiz sitamu xorlig‘.
Barcha bu shoh davridadur shodmon,
Biz kabi yo‘qdur yana bexonumon.
Boyqushi bechora qilib iztirob,
Eski imorat uchun erur xarob.
Bu so‘zni eshitdiyu No‘shiravon,
Shukr qilib sajdaga bordi ravon.
Elga dedikim, manga bordur maraz,
Dedim esa, bor edi andin g‘araz.
Kim ko‘ray obodmudur mamlakat,
Adlim ila shodmudur mamlakat.
Emdiki mulkim tuzulibdur bu dam,
Shukri mango vojib erur dam-badam
Adlini qildi esa No‘shiravon,
Bo‘ldi oning davrida mulk obodon.
Adl bila topdi esa ixtisos,
Bo‘ldi ko‘rung do‘zax o‘tidin xalos.

MAV’IZA

Emdiki, san shohi zamonsan bu kun,
Taxti xilofat uza xonsan bu kun.
Shohlar aro oting erur Jonibek,
Hashmating erur bori Jamshiddek.
Adl kitobidin emdi ol varaq,
Toki No‘shirvon ko‘rub olg‘ay sabaq,
Kelsa raiyati oning dodig‘a,
Etdi raiyat dodi faryodig‘a.
Ko‘rma raiyatga sitamni ravo,
Toki yetishgay sanga haqdin sazo.
G‘amzadaning xotirini shod qil,
Zulmu sitam bandidan ozod qil.
Aylasang ushbu sifat ila maosh,
Yaxshi oting bo‘lg‘usi dahr ichra fosh.
Ahli jahon foida olg‘usidur,
Yaxshi oting dahr aro qolg‘usidur.
Kelsa eshigingga faqiru g‘arib,
Ber onga xoni karamingdin nasib.
Sanga bo‘lur dahrda olam mute’,
Ins ila jins, olamu odam mute’.

UChINChI MAQOLA

Sultoni nekuxoh saxovat bila muxtojlarg‘a inoyat qilib, bemorlarg‘a shafqat birla iloj qiluri bobida

TAMSIL

Ulki saxo mulkida manzur edi,
Hotami Toy erdiyu mashhur edi.
Oldi mamolikni saxovat bila,
Qildi saxovatni saodat bila.
Berur edi har kishnga molni,
Xalqig‘a bildirub edi holni.
Topib edi shahrda shuhrat base,
Shuhrat ila davlatu nusrat base.
Bor edi ul davrda bir podshoh
Ki, bor edi xizmatida ko‘p sipoh.
Xalq gahi vasf qilib o‘zini,
Derlar edi Hotami Toy so‘zini
Kim, bu jahon ichra yo‘q andoq yana,
Ahli zamon ichra yo‘q andoq yana.
Har kishidin molin ayamas turur,
Hech kishidin ham nima olmas turur.
Shoh dedi:— Bas, oni sinorman bu kun,
Yaxshi oti bor, tilorman bu kun.
Ondoq ot emishki yurub erta-kech,
Ormos emish ushbu jahon ichra hech.
Shakli latofatda emish chun buroq,
Asli emish qashqa, uch oyoqi oq.
Dilbari joni desa, bo‘lur emish,
Dulduli soniy desa, bo‘lur emish.
El bila o‘zini teng etmas emish,
El oning gardig‘aki yetmas emish.
Bersa ul otin manga Hotam ravon,
Sarf qilay anga kerak bo‘lsa jon.
Ganju xazoyinni ne deb aytoyin,
Mulki Madoyinni ne deb aytoyin.
Onda bilurmanki erur Hotam ul,
Bori saxo yuzukida xotam ul.
Elchi yubordi ot uchun ul zamon
Kim, manga Hotam oni bersun ravon.
Elchi ravon o‘ldi kirib yo‘lg‘a bot,
Tilar uchun Hotami Toydin ul ot.
Bordi so‘rub Hotam uyin ul kishi,
Topti yurub Hotam uyin ul kishi.
Oxshom edi onda yetishgon zamon,
Topti xabar Hotami Toydin ravon.
Uyga tushurib, oni hurmat tutub,
Joniyu ko‘ngli bila izzat tutub.
Uy bila qo‘y topmadi, chun erdi tun,
So‘ydi o‘shal otni>bu mehmon uchun.
Pishuribon oldig‘a tortti ravon,
Eyur edi otning etin mehmon.
Dedikim:— Ey Hotami oliy maqom,
Bir ish uchun sanga kelibmen bu shom
Sanda bir ot bor debon, shohi din
Eshitib ermish oni bilgil yaqin.
Meni yuboribdur o‘shal ot uchun,
Oning uchun sanga kelibman bu tun.
Bersang o‘shal otni, ul shoh sango,
Aylar ilkindagi molini fido.
Hotam eshitti esa elchi so‘zin,
Soldi g‘amu qayg‘ug‘a ul dam o‘zin.
Dediki:— Kech kelding esa o‘yu qo‘y
Topmadimu, dedim, o‘shal otni so‘y
Kim, kecha och yotsa, bu elchiyi shoh,
Bori ishim bo‘lg‘usidurkim taboh
Kim, mango desang edi kelgan zamon
Berur edim sanga ul otni ravon.
Chun sango man so‘ydum ul otni yaqin,
Ne deyub ayag‘ay edim ul shohdin.
Ushbu (et) ul otning etidur, biling
Munga nedur chora taomil qiling.
Elchi bu so‘zni eshitib bo‘ldi lol,
Qolmadi so‘z degoli onga majol.
Turdi base besaru somon bo‘lub,
Tushdi g‘amu fikrga hayron bo‘lub.
Dedi:— Seni derlar edi nomdor,
Ko‘rdum esa man sani yuz oncha bor.
Bu ne saxovatu ne himmat turur,
Bu ne karam, bu ne muruvvat turur.
Elchi qo‘pub otlanubon ul zamon,
Eltti oning vasfini shohga ravon.
Hotam agar kufr ila topti hayot,
Topti saxovat bila oxir mamot.
Chunki saxovat bila bo‘ldi mudom,
Haq anga do‘zax o‘tin etdi harom.
Tuzdi saxovat bylan avsofini,
Qildi vatan vodiyi a’rofinn.

BEShINChI MAQOLA

Sultoni-oliy dargoh ulamo salohiyatin g‘animat bilib, ilmu shariat birla amal qilib, fazl ahlig‘a nuzul bo‘lg‘oni bobida.

Bor bu sultoni muluk iqtidor;
Ilmu amal ahlig‘a sidq ila yor.
Tolibi ilmu amal erur mudom,
Olimu fozil biladur subhu shom.
Jam’ qilib flzlu kamol ahlini,
Yor qilur o‘ziga hol ahlini.
Kimniki din ilmida komil bilur,
Ko‘ngli bila anga itoat qilur.
Suhbatida doim o‘qilar kalom,
Majlisida ilm so‘zidur mudom.
Hashmat ila fandaki, devon tutar,
Qoshiga tangri so‘zi doim o‘tar.
Dinu ilm ahlig‘a moyil erur,
Tolibi arbobi fazoyil erur.
Bazmi o‘tar ahli shariat bila,
Ma’vizau pandu nasihat bila.
Qaydaki, ilm ahlini ko‘rdi, ravon —
Qildi oni sidq uyiga mehmon.
Lutf ko‘p aylab anga izzat tutar,
Dam-badam oning bila suhbat tutar.
Ilm sori bor anga chun ehtiyoj,
Oning uchun ilmg‘a ul dam rivoj.
Fazlu kamol ahli bila yordur,
Ilmu hunar ahlig‘a g‘amxordur.
Muncha kibor tegrasida nomdor,
Olimu fozilda erur ixtiyor.
Yor bo‘lub lashkari hilm ahlig‘a,
Rog‘ib erurlar bori ilm ahlig‘a.
Ahl ila avlodig‘a ilm o‘rgatur,
Yaxshi maosh etgali hilm o‘rgatur.
Fozil erur boriki shahzodlar,
Mehnati ayyomdin ozodlar.
Xatlari chiqg‘uncha labindin mudom,
Qoshlari bor edi xatti kalom.
Uqub alif harfinikim bildilar,
Rost bo‘lur adl ishinqildilar.
Chiqti esa, og‘zidag‘i tishlari,
Sin o‘qimoq erdi mudom ishlari.
Taxta o‘qub boshladilar ersa so‘z,
Solmadilar jabboridin o‘zga ko‘z…
Ilmu amal ahlig‘a rog‘ib bari,
Oxirat ahlig‘a musohib bari…

UChINChI TANBEH

Hilmni ilm maosh qilib, sabru tahammulda o‘zin fosh qilib, g‘azabdin andesha va sabrni pesha qilur bobida.

Eyki, sanga berdi xudoi karim,
Mansabu davlat bila nozu naim.
Qilmadi qahr u sanga qildi karam,
Berdi sanga xayli sipohu hasham.
Berdi sanga saltanatu ehtirom,
Qildi sanga hurmatu ta’zimi tom.
Hilmni o‘z tavringa yor aylagil,
Sabru tahammulni shior aylagil.
Bo‘lsa g‘azab bahri agar mavjxez,
Sabr kemasi bila kir onga tez.
Sabr toshidin anga sol langari,
Toki oni chiqormasun sarsari.
Tushsa kerak xotiring ichra yaqin,
Ma’nii valloh maasobirin.
Har kishikim sabr ila bo‘lsa mudom,
Tangri oning birla bo‘lur subhu shom.
Qahru g‘azab xossai shayton erur,
Hilm pisandidai rahmon erur.
Qilma gԤzabni oshuqub elga bot
Kim, sanga ul kelturur oxir uyot.
Qahr ila mazlumni o‘ltur dema,
O‘ldi esa so‘ngra pushaymon yema.
Minma g‘azab otig‘a, ey shahsuvor
Kim, yengilib yurushin oxir tuyor.
Qahr o‘tidin tushsa jahonga sharar,
Yonar oning shu’lasidin xushku tar.
Qahr kelur damda ketar aql tez,
Qahr solur xalq aro rustaxez.
Qahru g‘azab tutsa dam ichra qaror,
Qolmas o‘shal dam kishiga ixtiyor.
Ul nimakim aqlni zoyil qilur,
Xayr ishi demakim andin kelur.
Aqldur ul kim bilur ollohni,
Aql gado birla tonur shohni.
Dod tilay kelsa qoshingg‘a faqir,
Lutf qilib bo‘lg‘il anga dastgir.
Qahr ila o‘ltursang oni nogahon,
Qirmagusidur yana jismig‘a jon.
Yana oningdek kishi bo‘g‘ancha bil,
O‘tgusidur ham yana bil qirq yil.
Sabr ila har qarnda bir er yetar,
Yaxshi emas ulkim anga qasd etar.
Gar kishida bo‘lsa xatou gunoh,
Rost so‘rub, adl ila qilg‘il nigoh.
Bo‘ynug‘a qo‘yub gunahin ul zamon,
Aylasang anga g‘azab o‘lmas ziyon.
Hilm bila ayla jahonda maosh
Kim, qilur ul ish sani olamg‘a fosh.
Qahr o‘ti bo‘lsa ko‘ngilda ayon,
Hilm suyidin oni so‘ndur ravon.
San ham oni o‘zungga ayla shior
Kim, bu sifat bori yoronlarda bor.
Sabr ila mahrami dargoh bo‘l,
Masnadi sabr uzra o‘tur, shoh bo‘l.
Sabr sharobidin ichib dam-badam,
Ayla jahon ahlig‘a lutfu karam.
Zoyiqai sabrg‘a pobast bo‘l,
Yorab, oning nash’asidin mast bo‘l.

ETTINChI TANBEH

Ishq maqomida sobitqadam va mahbub talabida adam bo‘lub, qarori haq bila anvori daqoyiqni mushohida qilur bobida.

Ey ravishi ishqda sobitqadam,
Ishqsiz urma bu jahon ichra dam.
Ishq haqiqatdur oning birla bo‘l,
Boshlag‘il oning sori sidq ila yo‘l.
Ishqi shariatg‘a berib intizom,
Tutdi tariqat ravishida maqom.
Nuri basar, didai jon ishqdur,
Hosili tan, ruhi ravon ishqdur…
Ishq Zulayxoni etib bebasar,
Yusufi Misrig‘a edi jilvagar.
Ishqki, Layli yuzida qildi noz,
To‘kti oning oldida Majnun niyoz.
Ishq bo‘lib mevai Shirin mazoq,
Ayladi Farhodni g‘am ichra toq.
Ishq bo‘lib Musoi Umrong‘a barq,
Qildi majoz birla haqiqatni farq
Ishq falak uzra chiqorub xurush,
Bahrg‘a ul berdi xurush ila jo‘sh.
Ishq chaman ichra bo‘lub toza gul,
Bulbuli shaydog‘a ul ichurdi mul.
Ishqki, olamda ochar bog‘lar,
Lola qo‘yar ko‘ksi uza dog‘lar.
Ishq rayohinni solib zikrga,
Soldi binafshani g‘ami fikrga.
Ishq qizil gul yuzin aylab qizil,
Berdi fasohat bila^avsang‘a til.
Ishq xazon kibi solib rustaxez,
Bog‘ ila bo‘stonda qilur bargrez.
Ishq chamanda bo‘lubon xunfishon,
G‘unchaning ichini qilur to‘la qon.
Ishqni aylab bo‘lubon hamnafas,
Ayladi dildor visolin havas.
Ishqki, chang qomatin aylar duto,
Bo‘lur oning dardig‘a nag‘masaro.
Ishqki, ko‘s ustiga tegursa dast,
Bo‘lur o‘shal damda har ovoz past.
Ishq qotida shah o‘lur besarir,
Nag‘mai qudrat bila tortar nafir.
Ishqki, atfolni zor yig‘latur,
Ul g‘am ila goh qo‘paru goh itur.
Ishq hudi nag‘masini soz etib,
Jumla maloyikni hal ovoz etib.
Soldi samo ichra falak shevasin,
Yuklab anga shavqu vafo mevasin.
Ko‘rdi esa charx xudodin nishon,
Oy ila kun charxga kirdi ravon.
Har kishikim, ishq anga hamdam emas,
Bid onikim, ul kishi odam emas.
Ishq bila bo‘lmasa har kim murid,
Tutmasun ul piridin aslo umid.
Kimgakim ishq ila nazar qildi pir,
Bo‘lmas oning hech ishi nuqsonpazir.
Haqni tilar kishida urfon kerak,
Didalari ishq aro giryon kerak.
Kimki qilur sidq ila tadbiri ishq,
Kerak o‘shal damda anga piri ishq.

TO‘QQIZINChI TANBEH

Dunyo molidin va farzand jamolidin muhabbat olib, mehrni ma’budi azaliyg‘a solur… bobida.

Eyki jahon ichra topib ehtirom,
Mol ila farzand tilarsan tamom.
Doim oni yig‘moq uchun dardu ranj,
Tortaturubsanki qilay oni ganj.
Necha ziyondur sanga ul moldin,
Sharh qilay sanga bil oni yaqin.
Bir bu kim, ul molni yig‘orda mudom,
Ranj ila mehnat chekarsan subhu shom.
Oxir o‘shal mehnatu ranjing bari,
Hech bo‘lur, mol ketar har sari.
Biri bu kim, molni ko‘rgach avon,
Dushman o‘lurlar sanga xalqi jahon.
Birisi derkim, bilib ahvolini,
Do‘stliq aylab tugatay molini.
Do‘st bo‘lub garchi tutar ehtirrm,
Molingni yeb, g‘iybating etar mudom.
Birisi derkim, munga bor muncha mol,
Manda yo‘q ondin tilomakka majol.
Yor bo‘lib bir necha o‘g‘rig‘a shom,
O‘lturubon molin ololing tamom.
Birisi derkim, bu yomon kishidur,
Har na yomonlik, muning o‘z ishidur.
Tuhmat etar seniyu elga chaqar,
Elga chaqib, tuhmat o‘tig‘a yiqar.
Birisi derkim, oni tutmoq kerak,
Tortib olib molini yutmoq keraq.
Hosil: o‘shal molni olay deb mudom,
Tuhmat etarlar sanga har subhu shom
Kim, mol uchun xalq ko‘ziga yamon,
Ko‘rinadursan oni bil har zamon.
Bir dog‘i avlod ila farzand uchun,
Xayr duosin qilasan tunu kun.
Bosh qo‘yasan oni tilab g‘ussa yeb,
Manga xudovand oni bergaymu deb.
Emdiki bo‘ldi esa farzand xub,
Ko‘zunga yaxshi ko‘runur beayub.
Etdi esa, dahrda quvvat anga,
Bog‘lading ul damda muhabbat anga.
Bo‘ldi anga hosili umring fido,
Bo‘ldung oni mehri ila mubtalo.
Oni uluq qilmoq uchun har zamon,
Ko‘zdin oqizding edi ashki ravon.
Emdiki, ulg‘aydi u farzandlar,
Qolmadi ul mehr ila payvandlar.
Har biri sarkash o‘lubon dahr aro,
Nafsi g‘urur ila bo‘lur oshno.
Harnaki ko‘ngli tilar oni qilur,
O‘z so‘zini so‘zlar, o‘z ishin qilur.
Hech saning so‘zingga solmas quloq,
So‘z desang olur ilkiga tayoq.
Zahmatu ranjing borisi hech bo‘lur,
Harna qilibsan bori zoye’ bo‘lur.
Mehnatu dardinga bo‘lub mubtalo,
Bo‘lg‘usisan qobili ranju balo.
Pandu nasihat bila topmas saloh,
Tobe’ erur nafsig‘a shomu saboh.
Harna so‘zung nuqsu ziyondur anga,
Harna qilung dushmani jondur anga.
Garchi oning mehrida joning kuyar,
Tushsang agar ilkiga tering so‘yar.
Ulki yamon tug‘di bu olam aro,
Aylar o‘zin mehnat aro mubtalo.
Tinmas o‘zi ham seni’tindurmas ul,
Yaxshi so‘zingga boshin indurmas ul.
Ulki saning fe’ling ila tirilur,.
Har na desang jon ila xizmat qilur.
Olam aro marhami jondur sango.
Jisming aro ruhi ravondur sango,
Fe’li pisandida erur, xo‘yi xo‘b,
Yo‘qdur oning tavrida zarra ayub.
Fazlu kamol ichra bo‘lo‘b benazir,
Husnu latofat arodur dilpazir. »
Bosh qo‘yubon sidq ila aylar namoz,
Tavba qilur dog‘i keltirur niyoz.
Xalq aro bordur onga husni maosh.
Aylar o‘zin yaxshi sifat birla fosh.
Bo‘lsa chu farzand bu avsof ila,
Haq ishida u yursa insof ila.
Nogoh agar bo‘l-sa maraz onga yor,
Yotsa maraz to‘shagida xoru zor.
Dardi uchun har sori istab iloj,
Onda yurursan g‘amidin kunlar och.
Onda sanga ko‘rgali g‘amlar yetar,
Xastalig‘idin ne sitamlar yetar.
O‘lmasun ul debki tilorsan davo,
O‘lsa bo‘lursan g‘am ila mubtalo.
Joning oning furqatida zor o‘lur,
Ko‘nglung o‘shal g‘amga giriftor o‘lur.
Oni o‘lum dardig‘a ko‘rmay ravo,
Onda bo‘lursan o‘luminga rizo.
Ulki, yamondur xud etar ko‘p jafo,
Yaxshisidin dog‘i yetar ming balo.
Bo‘lsang olor mehri bila poyband,
Topxusisan haq talabida gazand.
Nechaki sevsang oni aylab mazoq,
Tushqusisan xaq talabidan yiroq.
Haqdin oyirib, sani qilg‘on figor,
Mol ila farzanddur, ey nomdor.
Mehrlari jong‘a tushub subh»u shom,
Toat uchun mone’ o‘lurlar mudom.
Bog‘lama ko‘p mehru muhabbat anga,
Do‘st emas dushmani jondur sanga.
Xojai bechorag‘a, zy korsoz,
Bandalig‘ing shavqida bergil niyoz.
Mol ila farzandga band etmagil,
Mehrini bo‘ynumg‘a kamand etmagil.
Solg‘il rning ko‘ngliga mehringni bot,
Bergil o‘shal mehr ila anga najot.
Mehring ila ko‘nglini masrur qil,
Jon ko‘zin ul mehr ila purnur qil.

O‘NINChI TANBEH

So‘filar bobidakim, zohirlarin zarqu riyo birla tuzub, botinlarin nifoq birla buzub, solus xirqasig‘a nomus obosin yelga berib, riyo luqmasidin qorinlarin to‘ts qilib, haqiqatdin xabarlari yo‘q bobida.

Eyki, bo‘lub faqrda so‘fiyi sof,
Lof arur so‘zung, hurufung gazof.
Zohiringni xush qilib orosta,
Erda qadamni qo‘yarsan ohista.
Tushsa ilkinga seni gar bir faqir,
Oyoqing ostida qilursan haqir.
To‘n yengini keng qilodursan mudom,
Tokim oning ichiga to‘lg‘ay harom.
Bosh uza dastorni pur pechutob —
Bog‘lag‘aningdin sanga yo‘qdur savob.
Balkim erur boshing uza bori g‘am,
Uqdai bovu dog‘i domi sitam.
Pesh qo‘yadursan bu mahalda uzun,
El ko‘ziga shayx ko‘runmak uchun.
Berding esa o‘zingga pesh birla zeb,
Balki bu tazvir.ila yeding fireb.
Ilkingga tasbihni olib mudom,
Zikr uchun ko‘rsatasan subhu shom,
Rishtasidur misli daraxti riyo,
Donalari mevai zarqu balo.
Shonakim ilkingga olib subhu shom,
Turfa saqolingni tarorsan mudom…
Bo‘ynunga doim soladursan rido,
Ko‘rinasan el ko‘ziga muqtado.
Bo‘rk tutub uchidin iblis oni,
Tobe etar o‘ziga oni soni.
Bo‘ldi bu misvok chu odat sango,
Basdurur angushti shahodat sango.
Ko‘runub el ko‘ziga zohid mudom,
Uyga borib to‘yg‘ucha yersan harom.
Kunki chiqar shayxsanu muqtado,
Kechada shabravsanu duzdu dag‘o.
Zarq ila elni qilibsan murid,
Sirri haqiqatdin uzubsan umid.
Necha bu avsof ila elga fireb —
Bergasanu yurgusisan shubha yeb.
Ushbu sifat birla xudodin uyol,
Zarqu riyo otini sotu uy ol.
O‘zni riyo o‘tig‘a ko‘p yiqmog‘il,
Elga riyo ko‘zi bila boqmag‘il.
So‘fi esang bo‘lma riyo birla fosh,
Qilma bu olamda bu turluk maosh.
Zohiringga berma riyo birla zeb,
Ema riyo hiylalaridin fireb.
So‘fi esang botiningi sof qil,
Ko‘nglung uyin qobili avsof qil,
Solmog‘il ul uyga riyodin palos,
Zarq bila tuzmagil anda asos.
Bo‘lsa azal jazbasi mehmon sango,
Pok qilib o‘tkar ul uyni ango.
Shohi azal tutsa ul uyda maqom,
O‘tga yonar zarq ila tazviru dom.
Ish qilako‘r shoh ila bo‘l oshno,
Uzni qilib tez xalosi riyo.
Ayla riyo ahlig‘a begonaliq,
Bo‘lsa sango shoh ila hamxonaliq.
Zohiringa qilma rioyat base,
Qilma oni o‘zinga odat base.
Botiningni oinadek ayla sof,
Zohiringa boqma kim erur gazof.
So‘fiyi sofi bo‘lu pok e’tiqod,
Shod tut o‘zungni bu tavr ila shod.
Harnaki tiling bila dersan mudom,
Ko‘ngulda ham ul-kerak, ey nek nom.
Til bila ko‘nglung so‘zini bir qil,
Birliging atvorini tadbir qil.
So‘fi ishi tangriga loyiq kerak,
Til bila ham ko‘ngli muvofiq kerak.
Harnaki til birla qilursan bayon,
Ko‘nglunga ham bo‘lsa kerak u ayon.
Qilmasa til ko‘ngil ila ittifoq,
Bilki budur shevai zarqu nifoq.
Kufrdin, ey do‘st, yamondur nifoq,
Qildi bu so‘zumga jahon ittifoq.
Qilma nifoq ila jahonda zuhur
Kim, bu sifat ichra ko‘p erur husur.
Sof kerak so‘fii sofi so‘zi,
Balki kerak sof so‘zi ham o‘zi.
Ko‘ngli to‘la nuri haqoyiq kerak,
Og‘zi to‘la sirri daqoyiq kerak.
Niyati yaxshi keraku so‘zi xo‘b,
So‘filar ichida kerak beayub.
Hech kishiga yetmasa ondin sitam,
Xalqi jahon ko‘rmasa ondin alam.
Topsa kerak barcha ko‘ng-ullarga yo‘l,
Sunsa kerak xoni haqiqatg‘a qo‘l.
Xojai bechorani, ey kirdikor,
Sofdil ayla dog‘i so‘fishior,
Tilniki haq zikri oilan zokir et,
Ko‘ngulni haq shukri bila shokir et,
Solma yiroq oniyu qilg‘il qarib,
Qurbda yo‘l bergil onga anqarib.

O‘NINChI MUNOJOT

Solus libosi birla nomusni yelga bergan so‘filar tavrida,

Ey meni qil faqrda so‘fiyi sof,
Qilma ishimni talabing‘da gazof.
Ko‘ngulni sof ayla riyodin tamom,
So‘fii sofi qilu tut ehtirom.
Sidq yo‘lida yurutub sodiq et,
Toatinga sidq bila loyiq et.
Berma riyo kuyida manzil mango,
Aylama ul shevani hosil mango.
Rost tut o‘z tavringa atvorimi,
Loyiq et o‘z sirringa asrorimi.
Makru hiyal fikrini ko‘nglumdin ol,
Sidqu safo zavqini ko‘ngluma sol.
Jon ko‘ziga nuri basoratni ber,
Ko‘ngluma ham sham’i hidoyatni ber.
Lutf ila jon ko‘zgusini ayla sof,
Qilma riyo yo‘lida so‘zumni lof.
Zarq libosin mango kiydurmagil,
Balki riyo luqmani yedurmagil.
O‘tqa yoqib xirqai solusni,
Orturako‘r faqrda nomusni.
Tilni ko‘ngul birla muvofiq yasa,
Niyatu sidqimni mutobiq yasa.
Xojai mahzung‘a qilib lutfi xos,
Zarqu riyo makridin etgil xalos.
Qilma riyo tig‘ig‘a ko‘nglum figor,
Sidqu safo ko‘yyda bergil qaror.
Ondaki kelsa g‘amu xavfi mamot,
Lutfu karam birla onga ber najot,

HIKMATI HAKIM

Ondaki bu nusxani qildim tamom,
Ketdi ko‘ngul oinasidin nizom.
Jismda ravshan bo‘libon jon ko‘zi,
Ko‘ngluma yo‘l berdi haqiqat so‘zi,
Fikr qnlib dedim o‘zumga ravon,
Emdiki bordur bu taning ichra jon.
Qo‘y bu jahon fikrini, andesha qil..
Oxirat ishin o‘zinga pesha qil.
Necha sen andeshai she’r etgasen,
Necha oning fikri bila ketgasen?
Hech o‘lum fikrini etmasmusan?
Yo‘q esa ul dunyog‘a ketmasmusan?
Bor edi she’r ahlida Mavloyi Rum,
Arshi haqiqatg‘a ul erdi nujum.
Payki ajal yetgoch oni bir zamon,
Qo‘ymadiyu qildi nazardin nihon.
Shayx Nizomiykim, edi muqtado,
«Xamsa» ul aylab edi ham ibtido.
Andaki yetdi malakulmavt onga,
Berdi ravo,n dobeqai qavt onga.
Sohibi idrokki Xisrav edi,
Ul ham o‘shul tavr ila «Xamsa» dedi.
Tiri qazo aylagach oni nishon,
Bo‘ldi nihon tufroq aro begumon.
Hofizi Sherozki, bor beayub,
She’ri oning bo‘ldi lisonul-g‘ayub.
Qabr ochib og‘zini chun ajdaho,
Qildi oni o‘ziga quti nido.
Sa’diy edi shohi suxandon yana,
Ziynati «Bo‘ston»u «Guliston» yana.
Jon qushi qolibdin uchar holda,
Rihlati obodin qilur holda,
Nechaki tadbir bila qo‘ydi dom,
Bo‘lmadi ul qush anga bir lahza rom.
Shayx Sanoyi bila Xoja Kamol,
Ko‘shishi she’r ayladilar mohu sol.
Tutqoli soqiyi ajal bazmi xos,
Toptilar ul bazm aro ixtisos.
Ichtilaru mast-alast o‘ldilar,
Vahki, qazo bazmida past o‘ldilar.
Bor edi Firdavsiy o‘shal nuktadon,
Nazm vujudig‘a solib erdi jon.
Bo‘ldi esa shohi ajal birla yor,
Tutmadi bu dahrda bir daM qaror.
Ul qissa bobida suxandon edi,
Shoh Uvays olida Salmon edi.
Qilg‘on uchun lutf anga sone’ base,
Deb edi masnu’i sanoye’ base.
Etdi esa umrig‘a nuqsu xalal,
Jismini gil ayladi barqi ajal.
Ko‘rsatur o‘lg‘anda ajal kishvari,
Yo‘q edi Lutfiy kabi donishvari.
Keldi esa sarsari bodi qazo.
Berdi qazo hukmig‘a ul ham rizo.
Shohiy edi shohi fasohat maob,
She’rig‘a ul berib edi obu tob.
Nechaki fikr ayladi ash’or uchun,
Oxir ajal ilkida bo‘ldi zabun.
Kotibiy edi yana bir dahr aro,
Kim anga shomil edy lutfi xudo.
Chunki vafo ko‘rmadi dahr ichra jazm
Mindi ajal otig‘ayu qildi azm.
Rahbari ayyomki Jomiy edi,
Fazlu kamol ahlig‘a homiy edi.
Mamlakati she’rda shoh erdi ul,
Din yo‘lida fazli iloh erdi ul.
Umr yaqosini qilib chok-chok,
Oxir oning jismin ajal qildi xok.
Biri suxandonki Navoiy edi,
Ul dog‘i ko‘p she’r ila «Xamsa» dedi.
Munchaki fazl ahlig‘a ul berdi pand,
Oxir ajal rishtasig‘a bo‘ldi band.
Borcha ajal ilkida zor o‘ldilar,
Tig‘i ajal birla figor o‘ldilar.
Qilmadi bu dahr alarg‘a vafo,
Tutdi alar bori tariqi fano.
She’ru g‘azal gar dedilar borisi,
Dahr firebin yedilar borisi.
Topg‘och ajal zoyiqasidin zarar,
Qolmadi ul qavmdin aslo asar.
Ko‘shku imorat bila ayvon bino —
Ayladilar, qilmadi oxir vafo.
Qolmadi ondin asari dahr. aro,
Qur’yoyu sahro bila ham shahr aro.
Bir necha so‘z qoldi bu olam aro,
Kim ko‘ngul oinasig‘adur ziyo.
Masnaviyu she’ru g‘azaldur ayon
Kim, borisi lutf ila topti bayon.
Nazminaki, jonlar arodur xuzur,
Didai haqbing‘a berur fayz, nur.
Ilmi tariqat bo‘lur ondin bayon,
Sirri haqiqat bo‘lur ondin ayon.
To bu jahon bor — bu so‘z bordur,
Ilmi haqiqatg‘a bu so‘z yordur.
Kimki, borib qo‘ydi esa yaxshi ot,
O‘lmadi ul kishiyu topti hayot.
Men ham o‘shal fikr ila toptim oni,
Kim bu jamoatki bor erdi qoni?
Ketdilar ersa bu jahondin ravon,
Bir necha so‘z qoldi olardin nishon.
Dahr matoyi ketaru so‘z qolur,
Kimki futuh olsa bu so‘zdin olur.
Men ham olarg‘a qilibon iqtido,
Nazm ila soldim bu jahong‘a sado.
She’ru g‘azal fikrin agarchi yedim,
Fikrim ila masnu’i sone’ dedim.
Fikr ruboiy ila ham mustazod,
Qildimu ko‘nglum onga ko‘p bo‘ldi shod.
Dedim esa, fikr ila masno‘ini,
Ayladim izhor bu matbo‘ini.
Ondaki bu nav’ni yod ayladim,
Ko‘p hunar ul fanda ziyod ayladim,
Qildim esa elga bu fanni kitob,
Hech kishi qilmadi onga javob.
Bo‘ldi jahon nazmida mumtoz ul,
Topmadi hech kimning onga fikri yo‘l.
Nechaki qildim bu hunarlarni arz,
Ko‘rdum oni demak emas erdi farz.
Mundin esa zikri xudo yaxshiroq,
El ko‘torub qilsa duo yaxshiroq.
Garchi bu ham zikri haq erur tamom,
Tangri oti birla topibdur nizom.
Pandu nasihatdur oning ko‘p so‘zi,
Munshii davlatdur oning ko‘p so‘zi.
Kimki anga sidq ila solsa nazar,
Topmog‘usi uqbada hargiz zarar.
Qo‘ydum oni dahr aro yodgor,
To anga qilg‘ay nazar ashobu yor.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.