Mastlikda
(X.Sa’diyga)
May bu kun shishadan toshib chiqmishdir,
Uning bir tomchisi yerga tushmasin.
Uni xayolimiz amal demishdir,
Amallar majlisdan chetga ko‘chmasin.
Maylar shishalarda qo‘shiqlar aytib,
Bizning iydimizni qutlab turadir.
Mayning ko‘piklari ming qatla qaytib,
Majlis lazzatini so‘zlab turadir.
Mayning atrofinda eski o‘rtoqlar,
Yig‘ilib o‘ltirib, suhbat qilalar,
Majlis shodligini ko‘rib «oppoqlar»
Hurmat yuzasidan salom beralar.
Mayning ko‘piklari tutqun o‘g‘lini
Qayg‘u chog‘larida yupatib tursin.
Mastlikda o‘rganib o‘ng va so‘lini
O‘ksik bolalari u yo‘ldan yursin.
Mayning ko‘piklari ko‘zning qorasi,
Mastlar o‘lsalar-da, «eslik» qolg‘usi.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|