Matbuot
Hangama
Ikkinchi sonig‘acha o‘n besh kunda bir, uchunchi sonidan boshlab oyda bir, to‘rtinchi no‘miridan e’tiboran oyda bir, beshinchi sonini, xudoy bilsun, yilda bir chiqaturg‘an o‘zbekcha «Inqilob» mujallai mubajjallasining 4-adadi alayhir-rahmasi bosmaxonadan arang qutilub chiqib qo‘limizg‘a tushdi. Jurnalning bu soni boshqalarig‘a qarag‘anda mundarijaga boy, ma’lumotga to‘kus, so‘zga ustadir. Jurnalning yozuchilari ham qurama bo‘lub; uch qozoq, to‘rt o‘rus, yetti tatar, bir tojik, uch o‘zbeklardan iboratdir.
Elimlik til masalasini istisno qilg‘anda, jurnal janjalliq masaladan bariydir, munazzahdir.
«Inqilob» jurnalining yer yuziga og‘a-iniliq tuxumini sochmoqg‘a xizmat etuvchi bir mujallai mubajjalla ekanligida shubha yo‘q. Po‘chtalo‘nlarning xabar berishlariga qarag‘anda «Zuhal» bilan «Atorud» yulduzlarida ham «Inqilob»ni suyub o‘qur ekanlar. «Mirrix»da esa «Inqilob»ning 1-2 sonlari ortuq bir muhabbat bilan o‘qulg‘an. Lekin uchunchi sonidan boshlab orada bir onglashilmovchiliq chiqqan va 4-adadda bu onglashilmovchiliq tag‘in ham kuchaysib, «Mirrix» o‘quvchilarini ikkiga bo‘linuvlariga sabab bo‘lg‘an. «Mirrix» yulduzidan oling‘an keyingi po‘chta xabariga qarag‘anda, oshlashilmovchiliq kichkinagina bir nuqtada ekan. Shundayki (Er yuzidagi «Inqilob» o‘quvchilarig‘a ham ma’lum bo‘lsa kerak), jurnalning 2-sonida «Asari badi’a» lavhasi ostida marhum qozoq shoiri Oboydan bir namuna yozilg‘an edi, mana ushbu «badi’a» «Mirrix»dagi Oboy va uning tevaragida bo‘lg‘an qozoq bovurlarning ruhini naqadar yuqori ko‘targan bo‘lsa, Navoiy va navoiychi o‘zbeklarni shu yanglig‘ ruhlarini tushirmakka sabab bo‘lg‘an. Chunki Navoiy birinchi galda namuna uchun o‘z «Asari badia»sining «Ichqilob»da qo‘yilmog‘ini kutkan ekan. Xabarlarga qarag‘anda, Navoiy 3-son «Inqilob»dag‘i «Asari badi’a»dan bir oz ranjigan bo‘lsa-da, lekin 4-sondan umidlanib, «To‘rtinchida mandan bir narsa bo‘lur» deb kutib turg‘ani ustiga lo‘p egib tatar shoiri To‘qayning «Jayga tong»i bosilib, Navoiy va navoiychilarg‘a tag‘in ham yomonroq ta’sir etkan, rivoyatlarga qarag‘anda, Navoiy va uningtevaragidagilar «Inqilob»ning «o‘zbekcha»ligi to‘g‘risida shak-shubhaga tushganlar va hatto sabag‘ich qalam bilan «…O‘zbekcha jurnal» o‘rnig‘a «Qozoqcha-tatarcha jurnal» deb yozib ham qo‘yg‘anlar. Masala buning bilangina qolmay, «Mirrix»ning udabo va shu’arolar yig‘ini»da Navoiy Oboy bilan To‘qayg‘a uchuruq qilib, «zo‘raki shoirlar…» deb qo‘yg‘an. Qiziqqonliq Oboy bunga qarshi sukut etishka chiday olmay «Chidaganga chiqarg‘an, piltakach» degan. To‘qay ham jim tura olmag‘an: «Sin bunarg‘a bik ochulanma, Navoiy hazrat sheg‘ringni tatar onglamiturg‘an bir tilda bik yamsiz, bik chuvar yozilsing. Ul endi shulay bulmicha mumkin tugil!» degan.
Bularga qarshi Navoiy: «Totor uchun chig‘atoy tilini onglamoq og‘ir kelgay» deb so‘zlay boshlag‘an ekan, mirzo Bobur:
Ash’oring, isming, fazling mashhuri ofoq turur,
Arzimagan ish uchun qizishuving otingga kelishmay turur,—
deb Navoiyni to‘xtatg‘an. Mana shu «Mirrix»dagi qon qizishuvlarni istisno qilg‘anda «Inqilob» muttafaqun alayh suyulub o‘qulmoqdadir.
Obloshkasindag‘i masjid suratiga ishonib bo‘lsa kerak, so‘ngg‘i kunlarda «Inqilob» domlalar qo‘lida ham ko‘rinib qoldi. Keyingi son «Inqilob»ning idoradan javoblar qismida: «…Chilbirni o‘zimizga topshirib qo‘ysangiz xalqning taraqqiy va salomatiga muvofiq bir joydan boshlab olib chiqamiz» deb berilgan va’da bilan S. Ayniy afandining ham «Inqilob»g‘a bo‘lg‘an ixlosi ilgarigi holig‘a qaytg‘an. Kimgadir: «Chilbirnigina emas, arqonni ham «Inqilob»g‘a topshirdim!» degan.
Muxlisingiz Julqunboy
«Qizil bayroq» — 1922 yil, 17 iyun, 186-son, 4-bet
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|