Menga zulmin kam etmas gunbazi davvor har soat...

Menga zulmin kam etmas gunbazi davvor har soat...
by Komil Xorazmiy
332658Menga zulmin kam etmas gunbazi davvor har soat...Komil Xorazmiy

Menga zulmin kam etmas gunbazi davvor har soat,
Toʻkar gʻam xirmanin boshimgʻa yuz xirvor har soat.

Ne ul oydin kelur yillar aro bir vasl paygʻomi,
Ne oning majlisidin ayrilur agʻyor har soat.

Ne ahvolimni arz aylargʻa homiyu muinim bor,
Ne shah yillarda holim aylar istifsor har soat.

Kima bir xizmat etsam, aylagay oʻrnigʻa yuz tuhmat,
Asalgʻa, zahru gul oʻrnigʻa, sanchar xor har soat.

Boʻlub begonavash yillar yomonligʻ oshkor etti,
Kima kim oshnoligʻ ayladim izhor har soat.

Yetar afgʻonga nodoi doʻstlarning ixtilotidin,
Koʻngul oyinasigʻa yuz tuman zangor har soat.

Jahon pastu balandi, soqiyo, qon qildi koʻnglumni,
Mani masti mudom et, qoʻymayin hushyor har soat.

Boʻlur har soatim bir kun, kunim yuz yil, yilim ming oy,
Menga lutf etmasa, shohi falak miqdor har soat.

Hamisha oʻz tama’ shohi jahondin oʻzgadin. Komil,
Desang boʻlmay jahon ichra zalilu xor har soat,


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.