Milisiyalarga ko‘mak
Toshkent uyaz militsiya idorasi militsiyalarning 5 yillik bayrami to‘g‘risida jiddiy hozirliqlar ko‘rdi. Har bir qishloqda ixtiyoriy ionalar to‘planib turadir.
Militsiyalarning 5 yillik bayrami uchun Xonobod (Obliq mavzu’i) rayonidag‘i dehqonlar o‘n milliyardg‘a yaqin aqcha to‘plag‘anlar. Shundan 5 milliyardini uyaz milisiya idorasiga berib, qolg‘anini o‘z yerlarida bayram o‘tkazmak uchun olib qoldilar. Qand zovudi idorasi 5 put shakar berib, militsiya idorasini remont va elektrik bilan yoritishni o‘z bo‘ynig‘a olg‘an, moy zovudi idorasi bundan keyin militsiyalarga o‘z ishchilari barobarida payok (moy, sobun) berib turmoqchi bo‘ldi.
Har rayonda ishlar yaxshi bo‘lub boradir. Uyaz kamisiyasi yangi Toshkantda militsiyalar foydasig‘a 26 nchi yanvarda kecha yasadi. Har rayonda militsiyalar foydasig‘a kechalar yasalib turadir.
Uyaz militsiya bayramini o‘tkazish kamisiyasi uyazda bayramni o‘tkazmak ishini 5 ga bo‘lgan. Har rayonda ham uyaz militsiya idorasida bo‘lur ekan.
Q.
“Turkiston” gazetasi,
1923-yil, 29-yanvar.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|