Mufti Mahmudxo‘ja hazratlarining qanday shahid bo‘lg‘onlig‘i

Mufti Mahmudxo‘ja hazratlarining qanday shahid bo‘lg‘onlig‘i (1922)
by Hoji Muin
334453Mufti Mahmudxo‘ja hazratlarining qanday shahid bo‘lg‘onlig‘i1922Hoji Muin

Asrimiz boshlarida Turkistonda Birinchi rus inqilobining ta’sirida ma’rifatparvarlik harakati kuchayib ketdi. Murabbiy, adib, dramaturg, jurnalist, qonunshunos Mahmudxo‘ja Behudiy bu ilg‘or ijtimoiy-siyosiy harakatning boshida turgan ulug‘ insonlardan biri edi. U butun kuch-g‘ayratini, bilimini, aziz umrini ongli ravishda Vatanining, xalqining baxti uchun kurashga safarbar etdi.

Behubudiy ikkinchi rus inqilobidan keyingi davrda «Markaziy Rossiya bilan birlik, hokimiyat boshiga kelgan ishchi va dehqonlar yetaklagan yo‘ldan borishni lozim, deb topadi» (I. Sulton, S. Mamajonov). Masalan, u «Ittifoq kerak» sarlavhali maqolasida shunday deb yozadi: «Endi bugungi hurriyatparvar rus hamvatanlar ila qo‘l-baqo‘l ushlashib, taraqqiy uchun ishlamoq kerak».

Biroq, taassufki, ustod Mahmudxo‘ja Behbudiyning boshi amir kundasiga, shogirdlarining qoni rus shovinizmi shovvasiga qurbon ketdi!..

MUFTI MAHMUDXO‘JA HAZRATLARINING QANDAY ShAHID BO‘LG‘ONLIG‘I VA UNING TOMONIDAN YoZILGAN VASIYaTNOMA

Behbudiy afandi 1919 yil 25 martda, yo‘ldoshlari Mardonqul Shomahmud o‘g‘li va Mahammadqul O‘rinboy o‘g‘illari bilan Samarqanddan Buxoro tuprog‘iga o‘tkan, shundan qaerga borg‘anlig‘i bilinmay, bu to‘g‘rida turli so‘zlar so‘ylang‘an va gumonlar qiling‘on edi. Oxiri, xalq orasida shayx bo‘lg‘on so‘zlardan gumon g‘olib ila anglashilg‘an ediki, Behbudiy afandi mazkur ikki yo‘ldoshlari ila zolim amir Olimxonning g‘addor beklari qo‘lida shahid bo‘lg‘onlar. Bultur (1921 yil) mart oyida Buxoro tuprog‘idan kelgan o‘rtoq Hojimurod Xudoyberdi o‘g‘li, Behbudiy hazratlari bilan yo‘ldoshlari Muhammadqul va Mardonqul afandilarni Qarshi shahrida, Qarshining begi Tog‘aybek qanday shahid etganligi haqida durust ma’lumot keturdi.

O‘rtoq Hojimurod Buxoro inqilobi boshlang‘an kunda, Samarqanddan hukumat tomonidan bir ma’muriyat ila Shahrisabz va Kitob taraflarig‘a borib, andin bir ish ila Qarshi shahrig‘a o‘tqan va o‘shal yerlarda 6-7 oy xizmat qilib yurg‘an, bu vaqtda xila ishlar qilg‘an va ko‘l voqealarni ko‘rg‘an.

Hojimurod afandi Qarshi begida bir necha vaqt «mahramlik» xizmatida bo‘lg‘on farg‘onalik 17 yashar Sodiqjondan Behbudiy va aning yo‘ldoshlari haqida ko‘p ma’lumot olg‘on: Behbudiy afandi va yo‘ldoshlari, boshlab Shahrisabzda qo‘lg‘a tushib, taxminan, ikki oydan so‘ng, Qarshi shahriga yuborilib, onda (zindonda) bir necha kun yotqondan keyin, mazkur Tog‘aybek tomonidan shahid qiling‘an.

Bek Behbudiy va yo‘ldoshlarini huzurig‘a chaqirib: «Sizlar na uchun qo‘lg‘a tushdingiz?», deb so‘rag‘an. Behbudiy afandilar: «Bizlar Baytulloni ziyorat qilmak uchun Samarqanddan chiqqan edik. Yo‘lda amir ma’murlari: «Sizlar jadid, kofir va «tilchi», deb bizni qo‘lg‘a oldilar». Bundan bir necha kun .o‘tgandan so‘ng, Sodiqjon amirdan bekka qatl buyrug‘i kelganligini afandi, o‘zining hayotidan umidini uzib, yig‘lay-yig‘lay Behbudiy afandilarg‘a bildirg‘an, so‘pgra Behbudiy tubandagi «Vasiyatnoma»ni «yozib, Sodiqjong‘a topshirmoq uchun Ahmadg‘a bergan va har qanday yo‘l ila bo‘lsa-da, shul vasiyatnomani Samarqandg‘a yuborishni o‘ting‘an. Vasiyatnomaning ostida boshlab, Behbudiy afandining o‘zi, so‘ngra Mardonqul va Muhammadqul afandilar qo‘l ko‘yg‘anlar.

VASIYaTNOMA ushbudur:

«Ey, Turkiston Maorif ishlarida bo‘lg‘on o‘rtoq va o‘g‘lonlarim! Manni o‘zim garchand bandi bo‘lsam-da, sizlarni zsimdan chiqarmayman va sizlarga bir oz vasiyat qilib o‘taman. Men sevar o‘rtoqlarim! Manim so‘zlarimni quloqlaring‘izg‘a olingizlar! Biz ikki oydan beri Buxoro shaharlarida bandi bo‘lib yurib, axir o‘n kundan beri bir yerda (Qarshi shahrida) bu zolimlarning qo‘lig‘a tushib band bo‘ldik. Jadid — kofirlik otini ko‘tardik. Sipolar ichida tilchilik otini ko‘tardik. Bu yerdan qutulmog‘imiz gumon bo‘ldi. O‘rtoqlarim Siddiqiy, Ayniy, Fitrat, Qori va Akobir Mahdum va o‘g‘lonlarim Vadud Maxdum, Abdulqodir Shakuriy!

Sizlarg‘a vasiyat qilaman: Maorif yo‘lida ishlayturg‘on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifg‘a yordam etingiz! O‘rtadan nifoqni ko‘taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar! Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo‘lini ko‘rsatingizlar! Bizdek maorif qurbonlarini yo‘qlangizlar! Buxoro tuprog‘iga tezlik ila yo‘l boshlangizlar! Ozodlikni tezlik ila yuzaga chiqaringizlar! Bizning qonnmnzni zolim beklardan talab qnlingizlar! Maorifki Buxuro tuprog‘iga joriy qilingizlar!

Bizning otimizg‘a maktablar ochingizlar! Bizlar ul choqda qabrimizda tinch yoturmiz. Manim o‘g‘lonlarimg‘a salom yetkuringizlar! Bu hamrohlarning avlodlaridan xabardor bo‘linglar! Ushbu vasiyatlarimni yozib Ahmadg‘a berdim».

Bu vasiyatnomadan 3-4 kun o‘tar-o‘tmas, bek Behbudiy afanda va yo‘ldoshlarini ham Ahmadiy o‘ldirurg‘a Ouyurg‘on va alar zindonning‘ yonidag‘i podshohlik bu chorboqqa yuborilg‘anlar. Shunda alarning qatllari o‘zlariga bildirilgan va o‘zlari uchun shu bog‘da to‘rt qabr qazdirilg‘an. So‘ngra Behbudiy afandi va yo‘ldoshlari tahorat olib, namoz o‘qimoqchi bo‘lg‘onlar. Lekin shul chog‘da, rahmsiz jallod mahoviylari ila yetishub kelib, alarni namoz o‘qirg‘a qo‘ymagan va eng avval Behbudiy hazratlarini joynamoz ustida boshini kesgan. Bu holni ko‘rib, Mardonquli, Maxammadquli va Ahmad afandilar tavhid va shahodat kalimalarini o‘qib, o‘limni kutib turg‘onlar. Andan keyin jallod alarning boshini bir-bir kesgan, so‘ngra bekning xizmatkorlari mazkur shahidlarning nishlarini chiqarib, o‘zlari qazg‘on qabrlarg‘a ko‘mganlar va qabrlarnnn (bilinmasun deb) yer ila tegiz etganlar.

Bekning mahrami Sodiqjon, bu voqeani boshidan oxirigacha ko‘rgan va bilgani uchun ham, Behbudiy afandilarg‘a muxlis bo‘lg‘onidan shu voqeani bir daftarchada aynan yozib qo‘yg‘on va ondan o‘rtoq Hojimurod ko‘chirib olib, bu fojiani teatr shaklida tartib etub, «Maorif qurbonlari»ni qo‘yg‘on.

Uch pardadan iborat bo‘lg‘oi mazkur risolani biz ko‘rdik. Risola kerak ibrat, kerak sahnaga qo‘yish jihatdan xili nuqsonlidir. Agar bu risola teatr olamidan xabardor bo‘lg‘on biror kishining qalami ila tuzatilsa, birinchi teatru risolasi qatorig‘a kirishi shubhasizdir.

O‘rtoq Hojimurodning so‘ziga ko‘ra, mazkur Sodiqjon 1920 yil 21 dekabrda amir tomonidan Shahrisabz, Kitob va G‘uzor taraflarida qo‘zg‘atilg‘on aksil harakatchilik vaqtida, isyonchilar tarafidan Shahrisabzda o‘ldirilg‘an. Shuning ila Sodiqjon yozg‘an voqea ila vasiyatnomaning asl nusxasida o‘shal chog‘da yo‘qolib ketgan.

Samarqand
Hoji Muin Shukrullo o‘g‘li,
1922 yil, 7 yanvar


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"