Muhabbat dashti
by Alisher Navoiy
371925Muhabbat dashtiAlisher Navoiy

To muhabbat dashti bepoyonida ovoramen,
Har baliyat[1] kelsa ishq oshubidin, bechoraman.

El netib topqay menikim, men oʻzumni topmamon[2],
Boʻylakim, ishqu junun sahrosida ovoramen.

Qaysi zaxmimgʻa qilursen chora, chun men, ey rafiq,
Tiyrboroni[3] baliyatdin sarosar[4] yoramen.

Oh dudi ichra bir uchqun kibi koʻrgan meni,
Bildikim, hijron tuniga kavkabi sayyoramen.

Kecha oʻrtansam, sahar faryod qilsam, ne ajab,
Ish aro parvonavu bulbulgʻa chun hamkoramen[5].

Ey xarobat ahli[6], gar siz mast oʻlub, men boʻlmasam,
Ayb emas, nevchunki, siz — mayxora[7], men — xunxoramen.

Ey Navoiy, bordi deb ahbob taʼjil[8] etma koʻp,
It kibi men erishib[9] ul korvonni boramen.

Izohlar

edit
  1. balo, musibat, mashaqqat, azob.
  2. topmayman.
  3. oʻq yomgʻiri
  4. boshdan-oyoq.
  5. sherik
  6. rindlar
  7. koʻp may ichuvchi; majozan: mast goʻzallar.
  8. tez, shoshilinch.
  9. ergashib


  This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.