Muhim «kichkina»lardan
Shaharimizdagi xalq so‘roqxona (sudya)laridan eski shahar musulmonlarig‘a turli chaqiriq xatlari tushadir. Ul xatlarda musulmonlar yo gunohkor, yo da’vogar va yo guvoh qatorida chaqiriladirlar.
Bunga so‘zimiz yo‘q. Bu o‘z yo‘lida. Lokin musulmonlarg‘a tushkan chaqiriq xatlari o‘ruscha yozilib tushadir. So‘ngra o‘shal o‘ruschani o‘qub ham bir narsa tushunish juda qiyin. Nimaga desangiz, o‘ruscha xatlar ham juda xunuk.
Musulmonlarg‘a tegishlik chaqiriq xatlarni musulmoncha yozdirish iloji yo‘qmi ekan?
A.S.
“Darxon” gazetasi
1923-yil, 29-avgust, № 17.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|