Muhtaram yoshlarg‘a murojaat

Muhtaram yoshlarg‘a murojaat (1914)
by Mahmudxoʻja Behbudiy
334144Muhtaram yoshlarg‘a murojaat1914Mahmudxoʻja Behbudiy

Har bir mamlakatda islohot va madaniyat asbobig‘a tavassul va tashabbus etmoqlik harakati u mamlakatning yoshlari tarafidan zuhur eta boshlagani kabi, bizning Turkistonda ham madaniyat eshigi manzalasida bo‘lgan makotibi ibtidoiyya ila intiboh va islohot jarchisi bo‘lgan milliy matbuot g‘ayratlu yoshlarning harakoti maorifparvaronalari soyasida vujudga keldi. Shuning uchun har bir milliy havoyijimizdan bo‘lgan mushkul ishlarda yolg‘iz yoshlarimizni marja’ va umidgoh tutib, alardan yordam so‘raymiz (mollari yoki so‘zlari ila millat foidasig‘a yordamlari tekgan ba’zi ulamou ag‘niyomiz ham yoshlar qatoridadurlar).

Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib— taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoye’ va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko‘rolmas. «Muborizai hayot» maydonida mutlaqo mag‘lub bo‘lur, oyoqlar ostida ezilur, diniy, iqtisodiy ishlarda o‘zgalarning asiri bo‘lub, bora-bora milliyat va diyonatini ham ho‘ldan berur. Ana ushbu yo‘llar ila oxiri mahv va nobud bo‘lub ketar.

Binoan alayh, yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarini ibtidoiy tarbiyasig‘a va maktablarning har jihatdan intizom va akmolig‘a ahamiyat berub bolalarini milliy va diniy ruhda mukammal suratda yetushdurarlar. Aning uchundurki, o‘zga millatlar diniy va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam tutarlar. Va luzumi kelganda bu yo‘lda molu jonlarini fido etmoqg‘a hozir turarlar. Mana, hozirgi urushlar va iqtisodiy tortishlar diyonat va milliyat hissiyoti natijasidur.

Eidi, bizni Turkistonda munday hissiyotlar qayda? Modomiki, biz turkistoniylar nlmu maorifdan haqqincha istifoda etmaymiz. Fazoyili insoniyadan sanalgan shaylar qanday hosil bo‘lur? Chin insoniyat nimadan iborat ekanligini qaydan bilurmiz?

Bizlarda bir fazilat bor bo‘lsa, ul ham faqat taassuboti johilonadan iboratdur. Demak, bizlar hozirgi nimokla diyonatimizni yolg‘uz taassub soyasida saqlab turubmiz. Lekin ushbu tamaddun asrida ilmsiz quruq taassub ila ham yashab bo‘lmas. Chunki zamonamiz shunday zo‘rki, ozgina fursatda churuk taassubotimizni asosidan qo‘parub tashlaydur. Shuning uchun zamonaning muhlik asbobig‘a qarshu muqovamat etadurgon bir narsa bor bo‘lsa, ul-da maorifdur.

Tahsili maorifni ibtidoiy qismi muntazam maktablar bo‘lgan uchun endi biz Turkiston musulmonlarig‘a ibtidoiy maktablarni ko‘payturmoq lozimdur. Tabiiy, maktab muallimsiz ko‘paymas. Hozirda esa Turkistonda muallim oz bo‘lub, muallimlarga ehtiyojimiz shadiddur. Chunki bu kunlarda yangi maktab havaskoroni kundan-kun ziyodalashmoqdadurki, muallimlar mavjud bo‘lgan taqdirda har yil Turkistoida yuzlarcha maktab ochmoq mumkindur.

Endi ushbu mushkul hollarni nazari e’tiborga olub, Turkiston yoshlari muallim yetushdurmoqning chorasini topmoqlari lozimdur. Agar bukungi yoshlarimiz ushbu muhim vazifa va xizmatni ifo etmakga qasd eta boshlasalar, muallim yetushdurmoqni chorasi ham topilsa kerak. Chunonchi, Turkistonda muallim chiqormak uchun dorilmuallimin bo‘lmasa ham, har shaharda usuli ta’limdan xabardor bir-ikki nafar muallim, albatta, bordur. Ana, muallimlikka tolib kishilarni alarning huzurig‘a yuborub, 3-4 oy zarfida usuli ta’limdan xabardor qildurmoq mumkindur. Agar boyafarz, ushbu xidmatni muallimlarimiz iltizom qilmasalar, ul holda muallimlikka havaskor yoshlarni biroz zahmatlik bo‘lsa ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkandda Munavvar-qori janoblarining maktabig‘a yubormoq kerakdurki, mushorun alayhning munday toliblarni maalmamnuniyat qabul etmoqlarig‘a amindurmiz. Ishta, muhtaram qarindoshlar, millatimizning tilagi va eng zo‘r ehtiyoji ushbu shaylar ediki, nazari oliylaringiza arzu taqdim etduk. Endi g‘ayrat sizlardan, tavfiq Oldodandur.

«Oyna» jurnali, 1914 yil, 41-son, 970—972-betlar.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.