Muzofot qursindagi voqea
“Muzofot turk muallimlar qursi”ning talabalar yotardirgan iqomatgohina (ilgarigi rus-yerli maktabi binosinda, soy bo‘yinda), andijonlik talabalar turgan xonaga seshanba kuni 29 nchi iyulda kechasi soat 12 larda 10-15 nafar noma’lum yaroqlik bosmachilar kirub, “Asrorxon” degan yigit bormi?” deb so‘rab, 3 nchi tabiiyot sinfi talabalarindan Asror Akbarzoda “menman!” degandan keyin uni oldilariga solishub, boshqa talabalarning kiyim, ust-bosh va pullarini talab, olub chiqub ketdilar. Talabalardan ba’zilari 3-4 mingga pullarli narsalarini oldirdilar; xususan usmonli (Turkiya) taba’asi Maqsud afandi Fidoiy quruq bir ko‘ylak va lozim ila qoldi… Boshqa zarar yo‘q. O‘g‘rilar miltiqsiz bo‘lub, quruq “nagan” usulindagi to‘ponchalar ila qurollangan, ul to‘ponchalar ham hujraga kirganlardan, faqat 4 nafarida bor edi. O‘zlari yangi fo‘rmada kiyingan, bir-birlarini “tovarish” (o‘rtoq) deb aytishar edilar. Eshikda turganlari ichkaridagilarga hatto ruscha: “iskori tovarish!” (tez bo‘l, o‘rtoq!) deb turdilar. Ular o‘zlarini Andijon uyazinda bo‘lg‘an mashhur Mahkam hojiga nisbat berdilar; qarandash qalam bilan xunuk qilib muallimlar ismina yozilgan xatda “Asrorning kerak bo‘lsa Mahkam hoji yonidan, yo soldat yoki muallimlar o‘zlari borub olub kelsalar kerak ekanligi” bayon etiladir va tagiga ruscha xunuk xat bilan “Mahkam Xodjayef” deya yozilmishdir. Xatning ravishi Mahkam Hojiga hech aloqasi yo‘qday ko‘runadir.
Qurs binosini saqlashda ilgari bir nav’ beparvolik bo‘lsa ham, shul voqeadan keyin binoni yaxshilab saqlamoq uchun kerakli tadbirlari ko‘ruldi. Zarar tortgan talabalarg‘a ham moddiy yordam etilajak.
Butun muzofot musulmon mehnatkashlarining kelajakda chin mehnatkash bo‘lub tarbiya etiladurg‘an bolalarini tarbiya etadurg‘an muallimlarga bu jinoyatni ishlag‘an bosmachilar ne qadar shoyoni nafrat bo‘lsalar, muzofot markazi bo‘lgan bir shaharda shunday ahamiyatli bir joyni yaxshilab saqlamay, o‘z vazifalarina beparvolik qilgan hukumat kishilarida shul qadar taassufga shoyondirlar…
Qalandar
“Yangi Sharq” gazetasi,
1919-yil, 2-avgust.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|