Na deb, ey dilbari jonon, sirimni elga fosh etding...

Na deb, ey dilbari jonon, sirimni elga fosh etding...
by Sadoiy Mirhasan
333386Na deb, ey dilbari jonon, sirimni elga fosh etding...Sadoiy Mirhasan

Na deb, ey dilbari jonon, sirimni elga fosh etding,
Yurakni kuydurub, jonimni o‘rtab, ko‘zni yosh etding.

Qilib sabru tahammul ham qanoat aylagay erding,
Yuzingni zebu ziynatlar berib misli quyosh etding.

Ajab sandin buzub andozai bu oshnolikni,
Ki Azroil bila hamdam bo‘lub jonim talosh etting.

Dilim bormas, desam mo‘min, desam bu ishlaring tahsin,
Bu ajdoding ila emdi mani tahsinposh etding.

Soni ishqing bila doim kezarman dashtu sahrolar,
Na yozdim man, egildim man, mani tu’mamni tosh etting.

Ki mandin beadablik o‘tti, aroga nizo’ tushti,
Ulug‘liq aylading, oxir kelib yaxshi yarosh etting.

Sadoyidek takabbur to‘dai ujbu riyo qulni,
Ilohi rahm qil holimg‘a kim lutfungni fosh etting.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse