Namasan?
Asli seni koʻrmaganman, dildorim!
Qumrimisan, bulbulmisan, namasan?
Gʻamgin dilni xayolingda aldarman,
Bogʻ ichinda gul-gulmisan, namansan?
Qaroqchimi, yo sayidmi, xoʻjami?
Yo soqiymi, yo sharobmi, koʻzami?
Yo yilmisan, yo kunduzmi, kechami?
Yo oymisan, yo kunmisan, namasan?
Yo mushkmisan, yoki jambil, yo anbar?
Aytolmayman: yo charxmisan, yo chambar?
Daryomisan, yo mavjmisan, yo safsar?
Girdobmisan, toʻlqinmisan, namasan?
Oltinmisan, kumushmisan, zarmisan?
Yo Arshmisan, Kursimisan, yermisan?
Yo yoqutmi, yo marjonmi, durmisan?
Yo chirogʻmi, yo ziyosan, namasan?
Maxtumquli, kech nomus-u oringdan,
Qoʻlingni tort bu vafosiz koringdan,
Jahon toʻla, sen gʻofilsan yoringdan,
Yo mastmisan, yo shaydosan, nimasan?