Navbahor. Ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar...

Navbahor. Ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar...
by Muqimiy

Navbahor. Ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar,
Suhbat aylaylik kelinglar, jo’ralar, o’rtoqlar.

Xush bu mahfilda tiriklik ulfat-u ahbob ila,
O’ynashib, gahe tabiatni qilaylik chog’lar.

Rux ochib ko‘zdin nihon bo‘lsa paridek naylayin,
Ayrilib hush-u aqldin telba bo‘lmay sog’lar.

Xayfkim ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog’lar.

Marham istab kimsadin, zaxmi dil izhor aylasang,
Choraye qilmoqdin o‘zga, ustiga tirnog’lar.

Tobakay mundog’ malomat kunjida doim Muqim,
Bu zamon ko‘z tutgin emdi senga bo‘lsun tog’lar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse