Ne sud ochilsa gul, oʻlsa bahor gʻurbat aro...

Ne sud ochilsa gul, oʻlsa bahor gʻurbat aro...
by Komil Xorazmiy
332651Ne sud ochilsa gul, oʻlsa bahor gʻurbat aro...Komil Xorazmiy

Ne sud ochilsa gul, oʻlsa bahor gʻurbat aro,
Mengaki boʻlmasa yoru diyor gʻurbat aro.

Ochilmadi chamaniston havosidin koʻnglum,
Koʻzimga gul erur andoqki, xor gʻurbat aro.

Firoq dashtida bir mushkboʻ gʻizol istab,
Koʻzimni qildi chu dom intizor gʻurbat aro.

Yiroq tushkali ahbob suhbati mayidin,
Nishot jomigʻa boʻldum xumor gʻurbat aro.

Chamanda guldek ahibbo vatan aro xandon,
Chu lola bagʻrim erur dogʻdor gʻurbat aro.

Vatanda koʻzima changalistoncha yoʻq Mahmud,
Ayoz bogʻida tutdim qaror gʻurbat aro.

Chiqay vatan sadafidin dema guhar yangligʻ,
Agarchi boʻlsa senga e’tibor gʻurbat aro.

Nihon et oʻzni vatan qrfi ichra anqodek,
Senga yoʻq oʻlsa murod ishtihor gʻurbat aro.

Vatanda sokin oʻlub sayr et olami bolo,
Safarni aylamagʻil ixtiyor gʻurbat aro.

Tob emdi Xeva ila Pahlavoni Komil esang,
Dema — Buxori sharifu Mazor gʻurbat aro.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.