Nigorim ishqidin qildim saharlar nolalar paydo...

Nigorim ishqidin qildim saharlar nolalar paydo...
by Xoʻjanazar Huvaydo
332549Nigorim ishqidin qildim saharlar nolalar paydo...Xoʻjanazar Huvaydo

Nigorim ishqidin qildim saharlar nolalar paydo,
Yurak dog’ini kovlab, ayladim xunobalar paydo.

Jamoli orzusidin saharlarda turib yig’lab,
Ko’zimdin ayladim chun abri nayson jolalar paydo.

San, ey bulbul, navo qilg’il guliston mavsumi ichra,
Qilur ma’murai guldin xazon vayronalar paydo.

Mani parvonaga ayb aylamang sham’i ruxin ko’rgach,
Kabutar naslidek «hu» deb bo’lur parvonalar paydo.

Xumori chashm soqiyi diloromim bayon qilsam,
May ichmay bo’lg’usi har gushadin mastonalar paydo.

San ey zohid, bugun mayxo’ralarni aybini qilma,
Birov masjid bino aylar, birov mayxonalar paydo.

Saropo dard erurman, lek darmonin topolmasman,
Labimdin bo’ldi bag’rim garmidin tan jolalar paydo

Ayo bodi sabo, yetkur Huvaydodin bu inshoni,
Yurak zardobidin qildim sanamga nomalar paydo.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.