Nima edi, nima bo‘ldi?
Shahar xo‘jalig‘i sho‘basi ko‘chib tushkan semun imoratning 3 xonasi qiroatxona-kutubxonaga band edi. Sho‘ba tushaturg‘an bo‘lg‘ach kutubxonaning eski arxivlar va boshqa qiymatbaho qo‘lyozma kitoblar turg‘an bir xonasini bo‘shatdirdilar. “Bu yerga ishxona, kanselar bo‘ladi zarur”, – dedilar. Kutubxona ul narsalarini qiroat zolig‘a ko‘churdi. O‘run torliqdan qiroat zoli endi barham yedi. Lokin bo‘shatilg‘an xonaga na kanselar, na ishxona ko‘chmadi. Balki shu’baning qorovulini o‘rnashtirdilar. Kunduzi kutubxonaga tushkanimda ul xonadan qiziq-qiziq tovushlar eshitdim. Yaxshi bo‘lg‘an, qiroatxonag‘a keraklik bir xonani sho‘balari uchun xushchaqchaq, o‘yun-kulgi makoni qilib qo‘yg‘anlar.
A.S.
“Darxon” gazetasi,
1923-yil, 7-iyul, № 5.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|