Nima edik, nima bo‘ldik, nima qilaylik

Nima edik, nima bo‘ldik, nima qilaylik (1922)
by Hoji Muin
333765Nima edik, nima bo‘ldik, nima qilaylik1922Hoji Muin

«Nima edik, nima bo‘ldik?» so‘rog‘i
Esimizga keladi har chog‘i.

«Nima qilmoq kerak edi?» derlar,
Bizdagi kambag‘al ishchi-erlar.

Ilgari bizlarga matlab bor edi,
Yangi maktab, eski maktab bor edi.

Chiqar edi bir-ikki ro‘znoma,
O‘qir edi uni xosu omma.

Yoshlarda dard ila g‘ayrat bor edi,
Xalqda ozgina himmat bor edi.

Nima bo‘ldi — ishimiz o‘zgardi,
Sog‘lig‘i ketdiyu qoldi dardi.

Ya’ni na maktabu paktab qoldi,
Eski va yangilari tarqaddi.

Yangi maktabda mushuk o‘ynaydir,
Eski maktabda quchuk uxlaydir.

Bolalar ko‘chada hayron-sarson,
Onalar uychada nolon-giryon.

Otalarning ishi non topmoqdir,
Non uchun salla-chopon sotmoqdir.

Elimizda g‘ami maktab yo‘qoldi,
Loaqal maktab uchun gap yo‘qoldi.

Gazeta bo‘lsa-da bizning elda,
Chiqodir bir karra oyda, yilda.

Yoshlar bunda tutash ovladilar,
Qarilar bunda osh ovladilar.

Xalqimizning bor-yo‘g‘i to‘yg‘a,
Sarf o‘lur, bir puli qolmas uyg‘a.

To‘g‘risi, boylara himmat yo‘qdir,
Xayru ehson va hamiyat yo‘qdur.

Qolmadi sinfi taraqqiyparvar,
Barchasi bo‘ldi giriftoru zar.

Ba’zisi soch va soqol fikridadir,
Kechasi mohijamol fikridadir.

Bu orada faqat ishchi-dehqon
Qoldi nodonliq ila sargardon.

O‘qumay mulla bo‘lurmi ishchi?
O‘qumay haqni bilurmi ishchi?

Yovimiz bor oti «mustamlakachi»,
Yuzi oppoq ko‘rinur, qora ichi.

Ushbu yov birla qurash lozimdur,
Balki oni kuvlash lozimdur.

Yana bir yov bor — oti nodonliq,
Qiladir biza hamon xoqonliq.

Bunga qarshi urush ochmoq lozim,
Tezrak oni yo‘qotmoq lozim.

Buni yo‘q etmak uchun ilm kerak,
Holbuki, bizda bilimdir siyrak.

Ilm uchun maktab ochish lozimdur,
Eru xotinga o‘qish lozimdur.

Ilmsiz hur yashamoq mumkin emas,
O‘qug‘on elga chatoq mumkin emas.

So‘zlamoq chog‘i o‘tib ish bitdi,
Ish bilan birga sovuq qish bitdi.

Endi kim ishlamasa o‘lg‘usidir,
Ya’ni armoni guli so‘lg‘usidir.

«Zarafshon» gazetasi, 1922 yil, 1 dekabr


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"