Oʻtli suv
Zo‘r dengizning to‘lqinidir, bag‘rida
Yuz yillarning qonli qo‘rqinch izi bor.
Yumshoq suvdan biriktirgan og‘zida
Shafqat bilmas isyonlarning so‘zi bor!
Qanday mag‘rur ahmoqlarkim, tinch yerda
Tot olurlar uni qarg‘ab, so‘kmoqdan.
Yo‘lchi bo‘lib, yo‘lga chiqqach, bu yerda
Jon berarlar dahshatidan, qo‘rqmoqdan.
Qora bulut ko‘zlaridan ko‘p choqlar
Hovuch-hovuch yangi kuchlar oladir.
Ey tinch yerda kular yuzli o‘ynoqlar,
Sizga yolg‘iz qovog‘ini soladir.
Savatingiz, xurjuningiz, ko‘rdikim,
Ko‘z yoshlari, qayg‘ular-la to‘lmishdir.
Uchib o‘tgan yo‘lchilardan so‘rdikim,
Qo‘lingizda jon yigitlar o‘lmishdir.
Ko‘pirar ul, hovliqar ul, toshar ul,
Go‘ringizdan na’ra tortib oshar ul!..
Toshkent. 1922, 23-mart
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|