O‘zbek davlat truppasi

O‘zbek davlat truppasi (1928)
by Abdulhamid Choʻlpon
334344O‘zbek davlat truppasi1928Abdulhamid Choʻlpon

Eski shahar ijroqo‘mining yordami bilan o‘zbek davlat truppasi va qishliq «Turon» binosi yaxshi yo‘lg‘a solinib kelmakdadir. Ijroqo‘mdan belgilangan vakillarning tashabbusi orqasida hozir «Turon» sahnasining dekoratsiyalari uchun ikki rassom ishlab turadir. Sahnaning boshqa kam-ko‘stlari uchun yana ikkita duradgor usta solindi. Bundan so‘ng sahnada qor, yomg‘ir yog‘dirish, oy-kun chiqorish, shamol, bulut qo‘zg‘otish, yorug‘lik, qorong‘ilik qilish uchun kerak bo‘lg‘on asboblar buyurtilmoqdadir. Shu ishlarning hammasi yanvarning yarimlarida tamom bo‘lgusidir.

Dekoratsiyalarning ko‘payishi, jihozlarning ortishi sahnaning tuzalishi natijasida Eski shahar xalqi yanvar oyidan boshlab g‘oyat jiddiy va zo‘r san’at asarlarini tomosha qilmoqqa muvaqqat bo‘ladilar. Yanvar oyida dekoratsiya va yangi jihozlar bilan to‘la mukammal qilinib o‘ynalaturg‘on asarlar shunlardir.

7 va 8 yanvarda turk adiblaridan Shamsiddin Somibekning qadim eron asotiridan olib yozg‘on «Kovai ohangar» otli tomoshosi 14 yanvarda mashhur nemis adibi Shillerning «Makr va Muhabbat»i, 16 yanvarda mazkur adibning «Bosmachilar»i, 21 va 22 yanvarda G‘ozi Yunusning Eron asotiriga oid «Zahhoki Moron»i, 28 yanvarda yana Shillerning «Bosmachilar»i qo‘yilg‘usidir. Bu asarlar madaniy millatlarning eng yuksak sahnalarida ham ko‘p o‘ynalaturg‘on, jiddiy va og‘ir narsalardir. Bunlarni o‘ynamoq, xalq oldida shu qadar jiddiy narsalarni jonlantirib ko‘rsatmak bizning yosh truppamiz uchun katta bir imtihon kabidir. O‘zbek truppasi shu narsalarni o‘ynamoq bilan o‘z kuchiga bir ko‘rish (manevra) yasab o‘tkan bo‘ladir.

O‘zbek truppasi fevral oyi va undan so‘nggi oylar uchun ham «Farhod va Shirin», «Yorqinoy», «Chin Temur botir», «Uzunquloq bobo», «Shayx San’on» kabi jiddiy asarlarni belgilamishdir.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"