O‘zbek davlat truppasida
Eski shahar ijroqo‘mining yordami bilan o‘zbek davlat truppasi va qishliq “Turon” binosi yaxshi yo‘lg‘a solinib kelmakdadir. Ijroqo‘mdan belgilangan vakillarning tashabbusi orqasida hozir “Turon” sahnasining dekoratsiyalari uchun ikki rassom ishlab turadir. Sahnaning boshqa kam-ko‘stlari uchun yana ikkita duradgor usta solindi. Bundan so‘ng sahnada qor, yomg‘ir yog‘dirish, oy-kun chiqarish, shamol, bulut qo‘zg‘otish, yorug‘liq, qorongg‘iliq qilish uchun kerak bo‘lg‘an asboblar buyurtilmoqdadir. Shu ishlarning hammasi yanvarning yarimlarida tamom bo‘lg‘usidir.
Dekoratsiyalarning ko‘payishi, jihozlarning ortishi sahnaning tuzalishi natijasida Eski shahar xalqi yanvar oyidan boshlab g‘oyat jiddiy va zo‘r san’at asarlarini tomosha qilmoqqa muvaqqat bo‘ladilar. Yanvar oyida yangi dekoratsiya va yangi jihozlar bilan to‘la va mukammal qilinib o‘ynalaturg‘an asarlar shunlardir.
7 nchi va 8 nchi yanvarda ulug‘ turk adiblaridan Shamsiddin Somibekning qadim Eron asotiridan olib yozg‘an mashhur “Kovai ohangar” otli tomoshasi 14 nchi yanvarda mashhur nemis adibi Shillerning “Makr va muhabbat”i, 16 nchi yanvarda mazkur adibning “Bosmachilar”i, 21 va 22 nchi yanvarda Gʻozi Yunusning Eron asotiriga oid “Zahhoki Moron”i, 28 nchi yanvarda yana Shillerning “Bosmachilar”i qo‘yilg‘usidir.
Bu asarlar madaniy millatlarning eng yuksak sahnalarida ham ko‘p o‘ynalaturg‘an, jiddiy va og‘ir narsalardir. Bunlarni o‘ynamoq, xalq oldida shu qadar jiddiy narsalarni jonlantirb ko‘rsatmak bizning yosh truppamiz uchun katta bir imtihon kabidir. O‘zbek truppasi shu narsalarni o‘ynamoq bilan o‘z kuchiga bir ko‘rish (manevra) yasab o‘tkan bo‘ladir.
O‘zbek truppasi fevral oyi va undan so‘ngg‘i oylar uchun ham “Farhod va Shirin”, “Yorqinoy”, “Chin Temur botir”, “Uzunquloq bobo”, “Shayx San’on” kabi jiddiy asarlarni belgilamishdir.
Q.
“Yangi Farg‘ona” 1928-yil 22-oktyabr.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|