O’n yil Leninsiz
O’n yilimiz, o’n yilimiz o’tdi Leninsiz!
Shu o’n yilda kemamizni shu ochiq dengiz
O’z qa’riga tortib ko’rdi necha martalar!
Oh, nimalar kechirmadi bu buyuk safar!
Bizni ochiq dengizlarga boshlagan Lenin,
Eng dahshatli onlarda ham – go’zal va mayin –
Kulishini tark etmasdan surdi kemani,
Har etapda ustalik-la burdi kemani!
Eng birinchi to’lqinlarni u bilan yengdik,
U birinchi yengishlarga qanday sevindik!..
Faqat 10 yil mundan burun ulug’ kapitan
Ko’zlarini mangu yumib ketdi oradan …
Ochiq dengiz qo’ynidaydi hali kemamiz,
Kemamizga jon bag’ishlab bizlar hammamiz,
Undan so’nggi to’lqinlarga muntazir edik!
Faqat butun ko’ngullarda bir alam sezdik…
Shunda bizning eng yaxshimiz va eng saramiz
So’z oldi-da, millionlarga yuzlana dedi:
“O’lgan odam haqiqatan zo’r odam edi,
Kemamizni to’g’ri yo’lga boshlagan edi,
Millionlarni zo’r kurashga tashlagan edi,
Uning o’tkur ko’zlarida “daho” porlardi,
U har qanday og’irliqni tinch qarshilardi.
Bu boshlangan katta ishni bitirmak uchun,
Kemamizni pakkasiga yetirmak uchun
Uning ulug’ tadbiriga muxtoj edik biz…
… Endi bizni qo’llayajak u qoldirg’an iz!
Biz u izdan kemamizni sura beramiz,
U ko’rsatkan to’g’ri yo’ldan yura beramiz!
Uning aytkan so’zlaridan mash’al tutamiz,
U mash’al-la og’ir yo’lni bosib o’tamiz!.”
Shunday degach eng yaxshimiz va eng saramiz,
Ko’zimizni unga tomon tikdik hammamiz,
Oramizda qanday quvvat borlig’in sezdik,
“Xotirjam bo’l, ey ko’zlari yumulgan!” dedik.
Eng saramiz kapitanlik rolini oldi,
Kemamizni yana og’ir yo’llarga soldi.
Kemamizni yana og’ir yo’llarga soldi.
Tog’lar qadar to’lqunlar-la olishib har kun,
Kechalari kunduz kabi chalishib har kun,
Har qadamda o’ng–u so’lga zarbalar berib,
Bo’ronlarga temirlardan qanotlar kerib,
Lenin unga qo’yib ketkan mayin kulish-la
Kemamizni o’n yil bo’yi surdi oldinga,
10 yil bo’yi to’xtamasdan yurdi oldinga.
Bilaklari po’lat edi, ko’kragi olov,
Uning qaytmas аzmi bilan zabun bo’ldi yov!
Ochiq dengiz o’rtasida yana kemamiz,
Kapitanning buyrug’ini kutib hammamiz,
– Ulug’ Lenin chizib ketkan yo’llarga sodiq, –
XVII nchi davramizni yana qurshadik.
Ey, inqilob kemasini oldin surgan er!
Qani, mana – bizlar tayyor:
Buyrug’ingni ber!..
1934 yil
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|