Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun...

Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun...
by Vola
333490Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun...Vola

Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun,
To maningdek ahli olam zoru shaydolanmasun.

Garchi o‘ldum novaki nozingdin, ey abru kamon,
O‘zgalarni qasdig‘a, yorab, ul o‘q yolanmasun.

Ko‘z yoshim bahrida g‘arq o‘ldum yuzung hijronida,
Mehr topg‘onda kishi ul nav’ daryolynmasun.

Ohu ashkimdin tavahhum qilki, hajringdin yana
Nuh to‘foni jahon mulkig‘a paydolanmasun.

Qaddu ruxsoring tamannosida aylarman fig‘on,
Bulbulu qumri gulu sarv uzra g‘avg‘olanmasun.

Sunbuli zulfingni tarqatma yuz uzra, gar desang,
Atridin devonalardek xalq savdolanmasun.

Noz ila har sori ko‘z sol, aylasang sayri chaman,
Sharmdin bodomu nargis ko‘zi shahlolanmasun.

La’li jonbaxshingdin etma nuktaye daryog‘a fosh,
To duri shahvor marjonidin izolanmasun.

Quvlanib ko‘yung gulistonidin, ey nomehribon,
Hech oshiq Voladek ishqingga rasvolanmasun.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse