Payvasta qoshi shaklidur ul chashmi jodu ustina...
Payvasta qoshi shaklidur ul chashmi jodu ustina,
Bir charg‘kim, yozmish qanot qasd aylab ohu ustina.
Nazzora qilgil orazi uzra xatig‘a har zamon,
Gar mavji javhar ko‘rmasapg bir sof ko‘zgu ustina.
Mehrimiz o‘lmushmudur gulgun shafaq ichra nihon
Kiymish va yo gulrang to‘n ul sho‘xi gulro‘ ustina.
Ko‘nglum netong siymobdek har lahza qilsa iztirob
Kim ul yuz o‘tidin erib suv bo‘lgusi suv ustina.
Laylivangamning ishqida majmunlig‘im ko‘rgan kishi
Holimga kulgular qilur izhor kulgu ustina.
Xatdurmu ruxsori uza yohud musaxxar qilg‘oli
Chin mulkining kelmushmudur afvoji hindu ustina.
Zulfi xatining hajrida boshimg‘a aylarlar hujum
G‘oyatsiz anduhu alam yuz nav’ qayg‘u ustina.
Yog‘du kun o‘ldi ko‘zlarim oldida shomi tordek.
Aylarga pinhon yuzlarin chun yozdi gesu ustina.
Vah naylayin Feruz, ul qotil g‘azab yoyin chekib,
Mujgon o‘qin tez otgali chin solmish abro‘ ustina.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |