Pismo iz Tyurya-kurgana

Pismo iz Tyurya-kurgana (1914)
by Isʼhoqxon Ibrat
334489Pismo iz Tyurya-kurgana1914Isʼhoqxon Ibrat

Ey, bizni musulmon firqalar, sizlarni bu yillardagi ahvoli a’mollaringiz ichkari shaharlardagi madaniyat topgan xalqg‘a kulki bo‘ladurg‘on hollardurki, buni oldini hech qaysilarimiz olmaduk. Emdi olib ham bo‘lmadi. Bul qarzdorliklar mulklarimizni va obro‘larimizni to‘kmakka sabab bo‘lgan beilm, behisob, befikr va madaniyatsizliklarimiz, beparvoligimiz va erinchoqligimizdur. Xususan, hukumat bizni shaharlarimizni zabt qilgandin buyon qaysi bir sartiyadin madrasalarda xatm qilib, zamonaga muvofiq ilmlar hosil qildi? Qancha sart bolalari o‘quydur, bilurmusiz? Yo‘q, yo‘q! Holo ham biz qadimgi, eski andishada mozorlarga sig‘inib, o‘z dinimizga harakat qilmay, oqcha topsak, xohish uloq, to‘ylarga o‘n ming sarfi behuda, isrof degan ulamo yo‘q. O‘lganga besh ming sarf-isrof uchun qaysi ulamo bularga fatvo bergan, halol deb. Halol desa, bundan zarur halollar bor. Ular qolubdur. Hech kimda xalqg‘a nasihat yo‘q, bo‘lsa ham quloqg‘a olmaylar. Yoshlar bo‘lsa, kukli ila yuradurlar. Qarilar ahli ayolini betartibda, axloqsiz qilib o‘sturgan. Uylangandin so‘ng rosxud otasidin yeydur. Otasi biror kun kamroq rosxud bersa, oni o‘ldurmakda. «O‘zidin chiqqan balog‘a qayg‘a borsun davog‘a». Bu mubtalolik, jaholat tartibsiz bo‘lub, so‘kub, katta qilib, yoshlikda ko‘chada yong‘oq, oshuq, ondin kattaroq bo‘lganda gapxonada safsata, azkiya degan behuda so‘z, urushmoq, so‘kushmoqni ta’lim oladur. Bu af’oli badlarni, bu maraz dardni dorusi ilmdur. Yoshlarni maktabda tartib qilib o‘sturmaganlikdindur. Holo ham sizlarga vaqtdur. Ilmsiz kishi asossiz devor degan. Asossiz devor g‘oyatda bee’tibor bo‘lur. Ilm o‘qung, o‘qutung, axloqi funun zamonaga darkorlik ilmlar zarur, agar siz shul zamonda turmak bo‘lsangiz. Lekin, yo‘q, sizni zamonlaringiz, bu zamona, bul asr ermas, bul asrda turmaklik sizga dushvor bo‘lur. Agarda yangi ilm, yangi yo‘l, yangi olam, yangi asrdin bid’atni oroda qilib, so‘filik qilurman desalaringiz, xotiri jam’ bo‘ling. Eski nimarsa qolgan? Yo‘q, har asr, har qarn ahvoli o‘z vaqtiga muvofiq bo‘ladur. Sizlar bul asr xalqni o‘z yo‘llaringizga solmoq ilojini qilsangiz, mana zamon qilib bo‘lmaydurki, Mashrab devonani so‘ziga to‘g‘ridur: «Bayozidni vaqti o‘tti, shayxi so‘fiyon izlama» deydur. Ibratlik so‘zdur. Har asr, har qarn bir atvor ilan kechar. Agar umrni xohlab yoki qaytarib olmoq mumkin bo‘lsa edi, Va laysash-shaboba bi’avdi quvvatin, demas edilar. Umrni qaytarib olur edilar. Lekin bo‘lmaydur, zamona turmaydur, asr va tor vaqt ketar, ilmsiz, axloqsiz qolur. Sizlar vaqt, asr laylatulqadrdek o‘tub ketar, ilmsiz, axloqsiz qolursiz, harakat darkor, ijtihod darkor. Hayotni sizga boylab bergani yo‘q. Mamot hozirdur, voqif bo‘ling, amal qiling, ish qiling, yo‘l toping, ilm o‘qung. Olloh yor etur.

Quruq yurma, quruq dasti ajalda

Solur toki kamon etmas mahalda.

Turkiston viloyatining gazeti, 1914 yil, №18, 2 mart


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"