Pismo v redaktsiyu

Pismo v redaktsiyu (1911)
by Isʼhoqxon Ibrat
334488Pismo v redaktsiyu1911Isʼhoqxon Ibrat

Ushbu 1911 nchi yilda avgustda To‘raqo‘rg‘on qasabasidin chiqib, azbaroyi yor-birodar janoblarini ziyoratla-ri uchun o‘z kalaska arobamiz ila Chustga kelib, andan oshnoyi qadimamiz bo‘lgan hurmatlu Mullo Azizxon mirobboshi hovlilariga tushub, ikki kun istirohatdin so‘ng jo‘nab, Fof kelib, anda turmay, bir ot ilan to‘g‘ri Arslonbek kemaga kelib, darhol o‘tub qiyom vaqtida Yangibozor mavze’ida bo‘lgan Urganji qishloqg‘a kelduk. Ul kun bozor nihoyatda chang ekan. Bir yerda andek istirohat qilib, joylanub, so‘ngra jo‘nab ketib turgan eduk, qo‘rg‘ondin tashqari bir baland yo‘l ko‘zga ko‘rundi. Ajoyib bul xil baland yer yo‘q edi deb, taajjubda eduk. Banogohi ikki mardikor zanbar ko‘targan yo‘lda ekan. Ani aravadin ko‘rub, tushub savol qildimki:

— Bul nima yo‘l? — deb. Javob berdiki:

— Namangan temir yo‘lidur. So‘rado‘m:

— Ushbu kun qancha yerga bordi? — deb. Ul javob berdiki:

— Ushbu kun bul yerdan o‘n olti chaqirim bordur, — deb. 14-avgust edi. Ya’ni vokzoldin, Xo‘qand vokzolidin 28 chaqirim rels temirlarni boshlab bosgan ekan. Kamoli xursandligimdin arobadin tushub, har ikki mujiklarga bir-ikki tanga berib, alhamdulillah, bizlarga ham rohat bo‘ladurg‘on vaqti keldi. Bizga kelguchilarga yo‘llarimizni betartibligi katta nuqson edi va faqir bechoralarga g‘alatlarni arzon bo‘lishi, sayyoh ahliga bormoq-kelmoklari osonlikka mubaddal bo‘ldi. Yuz shukur deb o‘tub Xo‘qandda bo‘lgan oshnoyi qadimamiz janob Hazrat Miyon Sodiq Hazratni hovlilariga nuzul qilib, anda ikki kun turub, kechki po‘chtovoy poyezd ilan iftoroy klasda joy olub, kechasi bir kecha, ya’ni ikki soat turub, yana jo‘nab, tamom kun chiqg‘anda Toshkandg‘a, Rusiya ichida Obuxov ko‘chada hurmatlu kollejiski sekretar Ibn Yaminbek Xudoyorxon o‘g‘lilarini(ng) hovlisiga qo‘nduk. Birinchi ramazon anda bo‘lindi. Mazkur bekni(ng) hovlilari xususida bir-ikki band manzuma yozilgan edi, darj qilindi. Chunonchi manzuma:

Begimni hovlilari bir riyozi jannatdur,
Sakonat etsa kishi koni bir masarratdur.

Kishiki umrini yaxshi qilur, xasis o‘lmay,
Muzayyan tab’ini xush aylaganga rahmatdur.

Xasis, mardumi mumsik bo‘lib, yemay-ichmay,
Jahonda umr kechurgan kishiga la’natdur.

Ne bu yerga qo‘yib ketma, sarf qil, illo keyin
Qorong‘u go‘r ichida ushbu sango ofatdur.

Ichida sarvi gulu lola-yu rayohinlar,
Mufarrah dili mafhuma katta hikmatdur.

Xudoyim berdi bu dunyoni umri rohatga,
Kimiki umriga sarf aylar, ul himmatdur.

Xudo derki: «Kulu vashrabu» bu Kalominda,
Tasarruf etguchiga oxiratda behjatdur.

Bu yerda xayru saxovatni qil g‘ariblarg‘a,
Saxiyga va’dasi bor, oxiratda nusratdur.

Nazifu toza jinon muza jahon yanglig‘,
Ko‘ngulni sayqal etar, jong‘a bir farog‘atdur.

Kishiki oqcha yig‘ib, sarf aylamay o‘tsa,
Iki jahonda oning kori bori zahmatdur.

Xudo yubordi bu dunyoga imtihon qiladur,
Tasarruf ayla oni necha kunga fursatdur.

Hama ketar bu dunyodin baxil yoki xasis,
Ko‘rub turubsan o‘zung, ushbu sanga Ibratdur.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"