Po povodu viborov doljnostnix tuzemtsev v Namangane

Po povodu viborov doljnostnix tuzemtsev v Namangane (1910)
by Isʼhoqxon Ibrat
334490Po povodu viborov doljnostnix tuzemtsev v Namangane1910Isʼhoqxon Ibrat

Tuzemniy gazet idorasig‘a bir xabari afsus osor 1910-yilgi ahvoloti xalqiyalarimizdin. Nadomat qiladurgon ishlar voqe’ bo‘lib, xalqni hayratga soladur. Alalxusus, ahli ilm va ahli fatvoi shariat ishlariga aloqalik yoki muroflik odamlar go‘yo tabodili olam yoki tabodili mulk bo‘lgan kabi ko‘rinadur. Chunonchi, har yerda bo‘lgan saylovlar xususidagi betartibliklar va befikrliklar millatga oshno kishilarni nihoyatda g‘ussa va andishalarga soladur. Chunonchi, O‘zgand qozi saylovidek Namangan aholisida ham atroflarida ko‘b yerlarda barpo bo‘lgan saylovlarda Namangan atrofida bo‘lustlar muhofazat qilib, o‘z qozilari ilan tortishib, ellikboshi degan xalqlarni o‘z ixtiyoriga qo‘ymaganlarini hamma yerda pristo‘f va hokimlar bilib turub man’ qilmaganlari fikrga soladurki, bo‘lustlar ham qozi saylovig‘a aloqalik ekanligi ma’lum bo‘ladur. Xalqni fahmi shul ediki, bo‘lustnoylar faqat odam hozirlab beruvmakg‘a haddi bor, bo‘lak xususda daxli yo‘q, deb fahm qilurdilar. Emdi ma’lum bo‘ldiki, bo‘lak xususda ham ko‘b daxli bor ekan. Ikkinchi shulki, ellikboshilar saylaganda xalq ellikboshini andisha va fikrlik durbin kishidin qilmaganlari o‘z inqiroziga yuz tutganlarini ko‘rsatadur. Masalan, bir odamni qozilikka sayladilar, xoh yaxshi, xoh yomon. Milliy qozi bo‘lishni polojeniyada 223-bobda zikr qilingandurki, e’tibori bor, yetti kundin ziyoda hibis bo‘lmagan, o‘ttiz so‘mdin ziyoda ishtrof to‘lamagan, yoshi yigirma beshdin past emas odam bo‘lur, degan ekan. Olim yo omi, ahmoq yo dono kishi yo shariat biladurgon va yo nizom biladurgon demagani shulki, faqat inson bo‘lsun, mazkur ayblarga duchor bo‘lmagan bo‘lsun degani bul viloyatlarimizga katta yo‘l bo‘lib, savodi bo‘lmasa ham, milliy sharorati bo‘lsa ham, milliy polojeniyada ilmi kifoya qiladurgon ham deb yozilmagandur. Hibis bo‘lmagan, ishtrof to‘lamagan, yoshi yigirma beshdan ziyoda degan so‘z katta vajh bo‘lib, alholda ko‘rasiz, kimlarni qo‘llariga bul katta shariat hukmini topshiradurlar. 15-nomerlik gazeta bir muhaqqaq Saloh imzosi-la yozgan maqola xo‘b durust, to‘g‘ri maqola ekanki, basharti qozilar mulladin, ulamodin bo‘lsa, qodiri imtihon bo‘lurlar edi. Lekin sad hayf, o‘zimiz aybdor, na uchunkim millatimizni qaviy bo‘lmagani, hech fikr-andisha qiladurgan kishi yo‘q. Andisha qiladurgan odamni odam ham hisob qilmaydurlar. Bul ham o‘zimizni befikrligimizdan bo‘lur. Xo‘b, omi ham bo‘lsun, omi ham faqat o‘z royi ilan bir ish qilmoqg‘a qodir emas. Shariat mas’alalarini mufti va olimlar ko‘rsatub fatvo beradurlar. Anda hukm qilsa kerak. Shunchalik ekanki, falon yerda omidin qozi qilibdur. Rahmat yoki la’nat deganda o‘ttuz ming ahli bo‘lsa, o‘ttuz mingdin rahmat yoki la’nat tegadur. Polojeniyani bobig‘a muvofiq ellikboshi degan xalq xohlaganiga muvofiq kimgaki shar ko‘b tushsa, oni yozar ekan. Na qilsunlar, bul xil qilmasalar, polojeniyaga muvofiq bo‘lmaydur. Polojeniyada shariat biladurgan mulladin degan emas ekan. O‘zimiz xohlaymizmi, nima va kim bo‘lsa oni qilurlar. Ularga kim va nima bo‘lishi ham darkor emas ekan. Binobarin, o‘z xalqimiz biri past, biri baland deb, beittifoq bo‘lurlar. Fard:

Befikr o‘lsang, ey do‘st, muhtoji non o‘lursan.

Idoradin:

Polojeniyada xalq orasida obro‘ va e’tibori bor odam bo‘lsun degan. Albatta, mingboshilikka mingboshi bo‘lmoqlikka munosib obro‘si bo‘lub, qozilikka qozi bo‘lmoqg‘a layoqat va munosabatlik obro‘ bo‘lmoq lozimdur. Polojeniyani mulohaza qilmoq kerak.

Idora.

Turkiston viloyatining gazeti, 1910 yil, №22, 21 mart


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"