Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar...

Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar...
by Sayfi Saroyi
332274Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar...Sayfi Saroyi

Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar,
Shakar so‘zungdan kelur mukarrar.

Gunash yuzungni ko‘rub xaloyiq,
Bo‘lub tururlar sanga musaxxar.

Ko‘ngulga doyim farah berurga
Kelib xayoling bo‘dur musavvar.

Tugandi umrum firoq elinda,
Qachon visoling bo‘lur muyassar.

O‘qur sifoting bu Sayfi shaydo,
Yozib dafotir uza mufassar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse