Qoʻshuq
(„Xush keldingiz Xorazmga“ kuyiga)
Buzib eski turmushlarni,
Bajardingiz zoʻr ishlarni;
Ado qiling yumushlarni,
Hormang endi, kolxozchilar!
Oq oltinlar rivojlandi,
Koʻp ishlagan, koʻp qozondi,
Mehnat dushmanlari yondi,
Hormang endi, kolxozchilar!
Intizomni joylang safga,
Gʻayrat solib har tarafga –
Erishdingiz zoʻr sharafga,
Hormang endi, kolxozchilar!
Qoʻlga olib tuproq-konni,
Aziz koʻrib ishlaganni –
Bajardingiz zoʻr planni;
Hormang endi, kolxozchilar!
Firqa sizning rahbaringiz,
Buzulmaydi saflaringiz,
Sharaf toʻla daftaringiz,
Hormang endi, kolxozchilar!
1933-yil.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|