Qo‘lig‘a bazm aro olg‘ach mug‘anniy nogihon g‘ijjak...

Qo‘lig‘a bazm aro olg‘ach mug‘anniy nogihon g‘ijjak...
by Tabibiy Ahmad
332828Qo‘lig‘a bazm aro olg‘ach mug‘anniy nogihon g‘ijjak...Tabibiy Ahmad

Qo‘lig‘a bazm aro olg‘ach mug‘anniy nogihon g‘ijjak,
Berur ovozi xush birla ulus jismig‘a jon g‘ijjak.

Ne tong g‘am ko‘hini bir zarra ko‘zga ilmasa hargiz,
Kishikim aylamish ogushida oning makon g‘ijjak.

Ajab yo‘q bandasi bo‘lsa rubobu, barbotu, qonun
Tuzulgan chog‘i mutrib ilgida bir xushbayon g‘ijjak.

Magar bir mutribi ozodani ishqi asiridur,
Ki har majlisda so‘z aylar, qilur asru fig‘on g‘ijjak.

Ajam birla Hijoz ahlini beshak aylagay nola,
Tarannum qilg‘ay «Ushshoqu», «Iroqu», «Isfahon» g‘ijjak.

Bu yanglig‘ nolasi ta’sir qilmas erdi insong‘a,
Falak javru jafosin chekmasa erdi nihon g‘ijjak.

Mug‘anniy, muntazirdur nag‘mai g‘ijjakka bazm ahli,
Tarahhum aylabon soz ayla emdi bir zamon g‘ijjak.

Xush ul bazmini anda tuzsalar tasnif nafas ichra,
Balobonu, dafu, tanburu, changu baston g‘ijjak.

Tabibiy topg‘usidur, do‘stlar, fayzi tarab behad
Qo‘lig‘a bazm aro olg‘ach mug‘anniy nogihon g‘ijjak.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.