Qor
Kuchsiz, titroq, oppoq, kichik tomchilar,
Turmay, tinmay tuproq uza yog‘adir.
Yel bizlarni, bilmam, nechun qamchilar?!
Ko‘klarda ham ayozlikdan oqarg‘an
Bir ko‘z bormikim, yoshi
Bizning alam, o‘lim bilan sug‘orilgan
Yerimizning ko‘chigiga oqadir.
Bu kichkina, o‘ksuz, oppoq bebaklar,
Ucha-ucha yetmay qolg‘an tilaklar
Eskan yelning qo‘llarig‘a o‘zini
Tashlab qo‘yar, borlig‘ini unutar.
Hech uzmayin yuqoridan ko‘zini
Titrab-titrab qora yer uzra tushar!
Tushgach, butun tushkanlarday toptalar...
Teggan yerin bilmay bosg‘an oyoqlar,
Pichratalar buning oppoq betini.
Bosgan izin ko‘rmay o‘tgan tuyoqlar,
Toptab-toptab, oh... aytolmam ketini...
Yana bir kun ko‘k ko‘kragini ochib,
Kula-kula bunlar sari boqg‘anda,
Yana bir kun qizlar kabi tabiat,
Qulog‘iga oltin halqa taqg‘anda,
Bunlar butun pichroqlardan ayrilib
Ko‘klar sari qarab uchib ketadir.
Yana uchish, yana o‘yin, yana erk,
Oh... u kunlar!...
Sho‘r suvlardan chiqib kelgan bu maymun,
Tulki, ilon, shayton, aldovchi mal’un
Anglizlar!...
Hamda uning quyrug‘ini tutkanlar!
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|