Qurbon
Ko‘cha chang… tuproqda ko‘z ochib bo‘lmaydur,
Kun issig’, harorat nafasni bo‘g‘adur.
Ko‘cha tang… tiqinda yo‘l ochib bo‘lmaydur,
Yurakda borliqqa zo‘r nafrat tug‘adur.
Tili yo‘q, gunohsiz va yuvosh hayvonlar
Muqaddas nom bilan yuz minglab so‘yilur.
Ozmidi to‘kilgan shu qadar pok qonlar?
“Savob” deb, “qurbon” deb yanami qo‘yilur?
Bir elkim besh yildur qonlarg’a belang’an;
Otasi o‘g‘lini “dushman” deb bo‘g‘adur.
So‘ng burda noni ham qolmasdan talang’an;
Yosh go‘dak bolasi: “Bir burda non!” – deydur..
Ochliq ham har kuni “qurbonliq” so‘raydur,
Har kuni unga ham yuzlarcha qurbonlar.
Qirilib – tugalish dahshati o‘raydur,
Yanami behuda gunohsiz, sof qonlar?
Bir burda noni yo‘q go‘dakga bergali,
Minglarcha qo‘yi bor qurbonliq qilg’ali!..
Andijon. 1923, 21 iyul.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|