Savodi xattinga gar istamas boʻlmaq makon kogʻaz...

Savodi xattinga gar istamas boʻlmaq makon kogʻaz...
by Komil Xorazmiy
332669Savodi xattinga gar istamas boʻlmaq makon kogʻaz...Komil Xorazmiy

Savodi xattinga gar istamas boʻlmaq makon kogʻaz,
Bayoz ichra nedin daftar boʻlub ochmish doʻkon kogʻaz.

Koʻzu, qaddu, xatu, la’ling sifotin qilgʻali tahrir,
Midodim — koʻz, mijam — homam, siyohim — ashku jon — kogʻaz.

Sarigʻ chehramdurur ishqini qilgʻon fosh olamgʻa,
Nechukkim lafz ruxsorigʻadur oyinason kogʻaz.

Koʻngulning dogʻi boʻlsa ne ajab zohir jabinimdin,
Nazarlargʻa savodi nuqtani aylar ayon kogʻaz.

Zamirim lavhida naqshi xayoling oʻyladur mahfuz,
Ki ma’ni shohidigʻa bordurur dorulamon kogʻaz.

Falak mehri jamoling vasfini tahrir qilmoqgʻa,
Shahobin xomai anjumdin aylar zarfishon kogʻaz.

Jamoling vasfi tahririn tamom etmak emas mumknn,
Qalam ashjor esa, daryo siyohi, osmon kogʻaz…

Yozibmu ul pari Komilgʻa gulgun safhagʻa noma,
Oʻqurda yo koʻzi xunobidin boʻlmishmu qon kogʻaz?


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.