Seni xoki qudumingga fido jonlar nigor emdi...

Seni xoki qudumingga fido jonlar nigor emdi...
by G‘urbat
333481Seni xoki qudumingga fido jonlar nigor emdi...G‘urbat

Seni xoki qudumingga fido jonlar nigor emdi,
Qarong‘u maskanimni oldidin qilg‘il guzor emdi,
Ko‘rib nargis ruxingni telba bo‘ldi guluzor emdi,
Jununlig‘ shiddatida qolmadi sabru qaror emdi,
Ko‘zing mujgonidin o‘ldir meni bir shahsuvor emdi.

Savod o‘lmay netar zulfingni aksidin hama maskan,
Jamoling partavida e’tizolim bo‘lmasa ravshan,
Xaroboti xaloyiqqa yuzing monandi bir gulshan,
Qilib Namrudi hijroning vujudim jumlasin gulxan,
Kuyib xokistarimdin qolmadi so‘rsang g‘ubor emdi.

Qo‘yib bir mehru shafqat birla mahfilda xirom etting,
Itobu g‘amza aylab shahdu shakkardek kalom etting,
Riyozi orazingga murg‘i ko‘ngullarni rom etting,
Na deb qattig‘ tamannoni o‘zingg‘a iltizom etting,
To‘kib qon ashkini aftoda chashmim intizor emdi.

Falak xurshidi mahtobi ruxingdin bo‘ldi sharmanda,
Nujumlar ham senga bir sajda qilmakka sarafkanda,
Sanam, husningni vasfin etgali ojiz hama banda,
Olib kachkul qo‘limga qayda hajringdin kiyib janda,
Bo‘lay derman muhabbat shavqida bee’tibor emdi.

Meni, qotil, kelib qahring bilan butxonada o‘ldur,
Yuzimni qahrabo yanglig‘ qilib labtashnamen ranjur,
Bilol etgan sadodin maskanimni qil ilohi dur,
Meningdek, bo‘lmas un hech kim parivash husnig‘a mag‘rur,
Jabinlarga yozilg‘ay to qiyomat hajri yor emdi.

Biyobonga chunoncha betaqarrur bir safar qildim,
Xaloyiq shikvasidin go‘shi xotirlarni kar qildim,
Munojotimni qil yorab qabul ohi sahar qildim,
Janozamga o‘shal ohui sahroni xabar qildim,
Na hojat e’tiqodlik, mehribon xeshu tabor emdi.

Takallum aylasam afsonadur shavqi jununliqdin,
Boshimni bir ko‘tarmam to tirikmen sarnigunliqdin,
Shikoyotimni aytay kimga ahvoli zabunliqdin,
Qafasga tushti to‘ti xush talaffuz zufununliqdin,
Qilay bir dam sukut ko‘p so‘zladim beixtiyor emdi.

Fig‘onu nola qilsam Jabrail, bolu paring-kuygay,
O‘tib xoqoni Chindin balki shahri Xaybaring kuygay,
Kitobat aylasam insholarimni daftaring kuygay,
Muhabbat otashida hamchu nafsi ajdaring kuygay,
Mukofoti zinubga tavba qilsang sad hazor emdi.

Hayoting ravnaqiga oncha G‘urbat e’timod etma,
Maosh asbobini yak ro‘za rizqingdan ziyod etma,
Falakdin ko‘p uqubat tegsa mardumlarga dod etma,
Lahad hubbul vatandur zangi ko‘ngullarni shod etma,
Xazon bo‘lsa, kelib bodi sabr fasli bahor emdi.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.