Sharq uyg‘ongan

Sharq uyg‘ongan (1923)
by Abdulhamid Choʻlpon
335312Sharq uyg‘ongan1923Abdulhamid Choʻlpon

Ovrupa boylari Gʻarb jahongirlari Sharq ellariga chang solg‘an vaqtlarida «madaniyat kirgizamiz!» degan shior bilan maydonga chiqarlar edi.

Jahongirlar qo‘lig‘a o‘tgan Sharq o‘lkalarining hammasi aslida shu bahona bilan qo‘lg‘a kirgizilgan. Olayliq Hindistonni, olayliq Misrni, olayliq Tunis, al-Jazoir, Fors, Sudan, Tarablisni olayliq – nihoyat manavi – jahon urushidan so‘ng bo‘linib oling‘an Arabiston (al-Jazira, Falastin, Suriya)ni.

Bizning Turkiston ham podshohlar, generallar, oq suyaklar Rusiyasi tomonidan oling‘andan shu bahona o‘rtog‘a tashlang‘an edi.

Bu da’voni Gʻarb jahongirlari hali ham juda jiddiyat va ohlash bilan tatbiq qilib turalar.

«Mandat» bilan idora etilgan o‘lkalar (al-Jazira, Falastin, Suriya), «madaniyat tashig‘uchi» bo‘lub kelgan mehmonlarni qanday qilib haydashni bilmaydilar.

Gazetamizning bu sonida al-Jazoira (Iroq)dan Erong‘a qochib kelgan arab mujahidlarining 3 nchi baynalmilalga yozg‘an xatlari va ul xatga baynalmilal raisining qaytarg‘an javobi bosiladir.

Ul xat bilan 3 nchi baynalmilaldan ko‘mak so‘rag‘an arab vakillari, «madaniyat kirgizguchi» inglizlarning zulm va jabridan qochib yurgan xalq vakillaridir. Asl xalq vakillari, tub yurt egalari boshqa yurtlarda qochib yurmoqqa majbur bo‘lung‘an vaqtlarda ingliz boylari muhtasham ziyoratlarda Sharqda o‘rnashtirib yotqan «madaniyatlari»dan maqtanib bahs eytmaylarmi ekan?

Etalar: har kun har joyda, har bir o‘ngg‘ay joyi kelganda aytalar maqtanalar.

Ishchi-dehqon manfaatiga qarshi qo‘zg‘alg‘an teskarichi bir po‘pni sho‘rolar mahkamasi o‘lim jazosiga hukm qilib edi. «Lo‘ndo‘ndan: «bu qanday gap? Yovvoyiliq-ku! Madaniyatga qarshi harakat-ku!»degan qattig‘ faryodlar eshitildi.

Holbuki, yurtlariga istiqlol uchun va erk istagan minglarcha inqilobchilar Misr zindonlariga to‘ldurilg‘an choqda bu to‘g‘rida na Lo‘ndo‘n, na Parijdan bir tovush, bir sharpa yo‘q.

Hindiston zindonlarida yotqan siyosiy ma’yublarning soni 40 000 ga yaqinlashib borar. Hindistonning Xourixora degan joyida po‘lisa zulmiga qarshi qo‘zg‘alg‘an 5000 kishilik bu qishloq xalqidan 228 kishi qamoqqa olinadur. O‘tgan yanvar oyida bularning 172 tasi o‘lim jazosiga hukm qilinib, 6 tasi zindonning o‘zida turlik yo‘llar bilan o‘ldiriladur.

Panjob, Oqxoli, Saqxof degan yerlarda ingliz molini olmay qo‘yg‘an dehqonlardan 5603 kishi qamoqqa olinadir. Bularning tub ayblari ingliz molini olmasliq: lekin, «qonun yuzasidan» qo‘yilg‘an ayb – qonunni buzush va o‘g‘riliq qilish berilgan. Hozir olti oydan 2 yilgacha zindon- bir zindondan ikinchi bir zindong‘a ko‘chirilaturg‘an Hindiston dehqonlaridan 70 kishi yo‘lda – yuk vag‘o‘nida bo‘g‘ulub o‘lganlar.

Bunday voqealarning haddi hisobi yo‘q. Bu to‘g‘rida Lo‘ndo‘n «ozodalari», Parij «oliftalari» hech narsa bilmaylar. Yoki bilsalar-da sirni boy bermaylar.

Faqat, u qonhurlar bir daf’a tushunsun, esga olsunlarkim, Sharq endi ilgarigi Sharq emasdur. Sharq bu kun inqilobchi Turkiyadan o‘rnak olg‘an. Rusiya mehnatkash-dehqonlari bilan qo‘l berishgan, butun egri-qingg‘irni onglag‘an, ko‘z ochqan, uyg‘ong‘an Sharqdir!..

Q

«Turkiston» gazetasi, 1923-yil 25-aprel.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"