So'zung
by Komil Xorazmiy
293888So'zungKomil Xorazmiy

Buxl eliga demagil, ey zubdai davron so‘zung,
Hayf etar qadrini bilmay siflayi nodor so‘zung.

Garchi so‘zung gavhari qimmatbaho yo‘q dahr aro,
Bor alarning qoshida xarmuhradin arzon so‘zung.

Ulki qilmaydur maoni bahrig‘a g‘avvosliq,
Ko‘rmagay minchoqcha gar bo‘lsa durri g‘alton so‘zung.

Past fitratlarga dunyo moli uchun tutma ko‘z,
Bir qaro pul bobida mushkul qilur oson so‘zung.

Buxl zangin qira olmas ko‘nglidin,
Gar itiklik ichra bo‘lsa o‘ylakim suhon so‘zung.

Gar so‘zungdin bir nimarsa unmasa bu dunyoda,
Tinglamaslar oxiratda bersa ham imon so‘zung.

Iltimos etma alardin bir kapanakni zinhor,
Sindurur gar bersa ham o‘lg‘on badanga jon so‘zung.

Donish ahli qoshida har biri bir la’li xo‘sha,
Lek alarg‘a bordurur la’l o‘lsa ham paykon so‘zung.

Topmasang so‘z lazzatidin ogoh-u Komil kishi,
Soqlag‘il bo‘lg‘uncha ko‘nglung pardasida qon so‘zung.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.