Soqiyo, tut manga karam jomin...
Soqiyo, tut manga karam jomin,
To‘ldurub vasli rohi gulfomin.
Rangi bo‘lsun aqiqdin rangin,
Ta’mi—obi hayotdin shirin.
Jon topib lazzatidin oning qut,
Dilkusho bo‘lsun o‘ylakim yoqut.
May dema oni sharbati jon de,
Sharbati jon de, la’li jonon de.
Lab-balab aylay oni paydar-pay,
Birla chiqsun boshimg‘a bazm aro may.
Ki firoq ichra zormen asru,
Muddatidur, xummormen asru.
Toki no‘sh aylab oni mastona,
Boshlayin behudona afsona.
Boshima ne kelibdurur bir-bir,
Xoma birla borin qilay tahrir.
Gah yozib hajru dard ila alamin,
Gah bitay yori bevafo sitamin.
Gah falak iyakidin shikoyat etay,
Haqgaki, shukri benihoyat etay.
Bu sifat so‘zlar aylabon holi,
Ko‘nglum aylay maloldin xoli.
Vah, na xush kun edi zamone visol.
Xush kechib bazmi vasl aro mohu sol.
Yorima baxtdek bo‘lub hamdam,
Doim iqboldek edim mahram.
Ko‘nglum erdi visolidin gulshan,
Ko‘zum erdi jamolidin ravshan.
Jon topib la’lnning ziloli bila,
Shod edim jonfizo maqoli bila.
Ko‘rmak ila ko‘ngulda surur,
Jon topar erdi suhbatida huzur.
Ko‘zi qatlimg‘a aylasa imo,
La’li jonbaxshi edi Masihoso.
Mijasi jonima o‘n otsa ravon,
Ko‘ksim aylar edpm ul o‘qg‘a nishon.
Ko‘rubon qoshini nechukkim «nun»,
Qaddim aylar edim qoshida nigun.
Yonima kelsa ul qadi shamshod,
Ravza to‘bisin etmas erdim yod.
Sunbul zulfin eslabon har dam,
Dahr anduhidin edim begam.
Anbarin holini ko‘rub har yon,
Sog‘inur erdim ani nuqtai jon.
Tishin inju xayol etar erdim,
Labini fahmi bol etar erdim.
Og‘zikim bor edi xat ichra nihon,
Zulmat ichra bu chashmai hayvon.
Goh zohiri takallum aylar edi,
Goh pinhon tabassum aylar edi.
Do‘stim erdi zohiru pinhon,
Go‘y man jism erdimu ul jon.
Kechayu kunduz ichra bir soat,
Mansizin yo‘q edi onga toqat.
Gah solib gul kibi uzorig‘a ko‘z,
Gah nihoni debon quloqig‘a so‘z.
Siypabon gah kumush badanni,
O‘pubon gah shakkari dahanni.
Der edim:—Paykaring erur siymin!
Der edi: —Bu so‘zung emastur chin!
Der edim:—Bordurur labnng chun qand!
Der edi: — Kilma qandg‘a momand!
Der edim: — Orazingmu yoki quyosh?
Der edi: — Kunda bormudur ko‘zu qosh?
Der edim:—Ko‘zlarig‘gmu ohuni Chin?
Der edi:—Onda bormu zulm ila kin.
Der edim: — Qomatingmu sarvi ravon?
Der edi: — Sendadurmu jilva ayon?
Der edim: — Kokilingmudur pechon?
Der edi: —Ganji husnum uzra ilon!
Der edim:—Yuz uzra tushubmu nuqat?
Der edi:—Xol erur so‘z etma g‘alat!
Der edim:—Qoshlaring erurmu hilol?
Der edi:—Ul bo‘lurmu zebi jamol?
Der edim:—Tishlaringmudur inju?
Der edi: — Oncha sof emas lo‘’lu!
Der edim:—Lablaring erur kavsar!
Der edi:—Onda yo‘q safodin asar!
Der edim:—San parimusan, ey jon?
Der edi:—Man parisifat inson!
Der edim:—Hurdek erursan xo‘b!
Der edi:—Mancha ul emas margub!
Aylar erdim man ondin oncha savol,
Berur erdi javobin ul filhol.
Der edi:—Sansan oshiqi zorim,
Dahr aro sandin o‘zga yo‘q yorim.
Ko‘zi gar borsa uyqug‘a nogoh,
Ishqidin tortibon man o‘tlug‘ oh.
Bulbuloso chekib navoyu fig‘on,
Bul husnig‘a bor edim hayron.
Labidin bo‘sa aylab ohista,
Topar erdim farax mani xasta.
Rashkdin subh etib yaqosini chok,
Tuzmas erdi bu bazmima aflok.
Bu sifat yori mehrini afzun,
Ko‘rubon zulm fosh etib gardun.
Mani oxir ul oydin etti yiroq,
Soldi jonimg‘a dog‘i dardi firoq.
Zori joninga zulm ko‘rdi ravo,
Mani ul yor jondin etdi judo.
Mani dildori mehribonimdin,
Oyirib o‘t chiqordi jonimdin.
Chun mening budim etti charx nobud,
Har necha kuysam emdi yo‘qtur sud.
Ko‘nglum ar topmasa visol ila bahr,
Ne karax bo‘lmoqi makonni shahr?
Qadi gar bo‘lmas ersa jilvanamo,
Sarvni naylayin mani shaydo?
Yuzi bo‘lmas esa manga manzur,
Ne kerak mardum ko‘zum aro nur?
Quloqim gar so‘zin eshitmas esa,
Netayin so‘z agar Masih desa?
Topa olmas esam labidin kom,
Komim ermasturur mani gulfom
Yuzidin apru naylayin gulni,
Zulfi atridin ayru sunbulni?
Ko‘zi jonimga bo‘lmasa ofat,
Naylayin umrima tilab muhlat?
Ko‘pi bo‘lmas esa manga maskan,
Naylabon ne qilay behishtni man?
Yetmasa vaslidin ko‘ngulga surur,
Ne qilay hamdamim agar esa hur?
So‘rmasa yor holi zorimni,
Hajrida joni beqarorimni.
Ne kechar furqati aro manga hol,
Bilmas ersa gar ul pari timsol.
Bedilim yo‘qmu deb va yoxud bor,
Xabare tutmas agar dildor.
Mani mahzunin ul qadi shamshod,
Aylamas ersa oshiqim deb yod.
Kechurub man firoq aro ayyom,
Topsa agyor bazmi vaslida kom.
Bo‘lubon manga zahri hajr nasib,
Sharbati vaslin etsa no‘sh raqib.
Yutubon man labi firoqida qon,
Bo‘lsa ag‘yor bazm aro xandon.
Man bo‘lub ishqi birla afsona,
Shod esa suhbatida begona.
Bu sifat bo‘lsa yor yot manga
Ne kerak dahr aro hayot manga.
Dilbarim gar bu nav’ qilsa jafo,
Manga darkor emas hayot aslo.
Vasl subhi gar o‘lmasa umid,
Ne qilay umrni tilab jovid.
Ohkim, javr etib bahri dani
Soldi oxir judolik ichra mani.
Emdi bor ko‘nglum ichra ne toqat,
Jismi bemorim ichra ne quvvat.
Na oyoqda yurur majolim bor,
Sayr etib o‘lturur na holim bor.
Na manga munglashurg‘a bir mahram!
Na manga yig‘lashurg‘a bir hamdam!
Na manga bor jahonda bir g‘amxor,
To onga dardim aylasam izhor!
Kimnikim o‘zga do‘st bilsam man,
Joni zorimg‘a ul bo‘lub dushman.
Aylabon har tarafga nazzora,
Dardima hech topmayin chora.
Bir makon ichra o‘lturub tanho,
Yig‘lamoqdur ishim sabohu maso.
Goh-gohi qo‘lumg‘a olib rud,
Tuzubon har dam oshiqona surud.
Rost ohanglik qilib og‘oz,
Bo‘lub ushshoqdek navo pardoz.
O‘tlug‘ abyotlar o‘qub mani zor,
Chiqorib ko‘kka ohi otashbor.
Derman: Ey charx, bu nechuk oyin,
Sangakim, bu sifat qilursan kin.
Kim, mening yori mehribonimni,
Oyirib yoqding o‘tga jonimni.
Bevafolig‘ rusumini tuzding,
Manga bu pav’ zulm ko‘rguzding.
Falaki kajravo sitamkoro,
Nega qilg‘ung manga bu nav’ jafo?
Qaro dedimmu orazi oling?
Oq dedimmu yuzingdagi xoding?
Yo bu so‘zlar sanga esa ta’rif,
Man dog‘i bu sifat qilib tavsif.
Sani dey bir ajuza makkora,
Holing oqdur, vale yuzung qora.
Aybparvarsan, hunari dushdgan,
Doimo makru hiyladur sanga fan.
Kim sevar yori birla xamogush,
Bir zamon bo‘lsa tark o‘lub sanga xuga.
Ko‘rguzub turfa behayoliqlar,
O‘rta yerga solib judoliqlar.
Ko‘ngliga yetkurub tuman ozor,
Qilg‘ung oxir firoq aro ani zor.
Ko‘zidin o‘chsa tongg‘acha uyqu,
San emassan oning uchun qayg‘u.
Turfa berahm erursan zolim,
Kim ilkingdin o‘lmadi solim.
Bir kishi yo‘qki mandin istifsor,
Aylabon degali na holing bor.
Turfaroq buki ul hujasta nihod,
Aqlu hushidshi aylagan barbod.
Eshitib muncha ohu faryodpm,
Oshiqlik deb bir anlamas yodim.
Muncha ham bevafoliq o‘lg‘aymu?
Bu sifat purjafoliq o‘lg‘aymu?
Avval do‘stlug‘lar aylab fosh,
So‘ngra tuzmak nedur bu nav’ maosh?
Burun aylab vafoyu mehr shior,
So‘ngra qillyuq pedur bu nav’ mador?
Ko‘nglum aylab burun visol ila shod,
So‘ng nedur muncha jonima bedod?
Sobiqan aylab ahd ila paymon,
Kishi bo‘lgaymu so‘ngra ofatijon.
Ey ko‘ngul, haqga shukr aylayu bas,
So‘z uzatmoq bu nav’ yaxshi emas.
Kilmag‘il charx javridin shikva,
Yer ham bevafo deb etma gila.
Boshingga ne kelur nihonu ayon,
Kismati haqdin o‘zga qilma gumon.
Tangri qilg‘on esa nekim taqdir,
Bera olmas kishi anga tag‘yir.
Bir qaddin ko‘rki o‘t sochib har yon,
Raddin qichqurub bo‘lub nolon.
Ul dog‘i beqaror o‘ylaki sen,
Ishq aro doimo zoru tanho men.
Ishq bir o‘tdurur, nechukkim barq,
Aylamas shoh bila gadoki farq.
Tushsa ondin ko‘ngulga bir uchqun.
Kuydurub boshiga solur qaro kun.
Ishq aro garchi sabr erur mushkul,
Sen oni pesha aylagil, ey dil.
Bo‘lubon sazmi vasl aro Feruz,
Tun kuning bo‘lsun iyd ila navro‘z.
Yor ila no‘sh etib mayi gulfom,
Sanga shoyad muyassar o‘lg‘ay kom.
Aylabon iltifotlar, jonon,
Surgaysan to abadgacha davron.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |